Buxoroda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlashda “mahalla beshligi” tizimi faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan o‘quv-seminar tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik hamda Yoshlar siyosati va sport vazirliklarining shu yil 30 mart kunidagi qo‘shma qarori bilan “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish mexanizmlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda undan kelib chiqadigan vazifalar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Ma’lumki, voyaga yetmagan va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish borasida “Qo‘qon shahar tajribasi” asosida “mahalla beshligi” tizimi faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida respublika ishchi guruhlari tomonidan hududlarda o‘quv-seminarlar tashkil etilayotir.
[gallery-14429]
Seminarda huquqbuzarlik sodir etishga moyil yoki huquqbuzarlikdan jabrlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan shaxslarga huquqiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy, pedagogik va boshqa turdagi yordamlar ko‘rsatish tartiblari tushuntirildi.
Mahalladagi “beshlik”ning aholi, ayniqsa, xotin-qizlar, yoshlar va voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchikning oldini olish, ijtimoiy profilaktikani kuchaytirish, nizoli oilalar bilan ishlash, ularning farzandlari ijtimoiylashuvini ta’minlash, ta’lim muassasalari bilan hamkorligini tashkil etish masalalariga doir mavzularda ma’ruzalar tinglandi.
Shu kuni respublika ekspertlari guruhi ishtirokida seminar qatnashchilaridan test sinovlari olindi.
Noyabr oyida viloyatning barcha shaharlari va tumanlarida “mahalla beshligi” ishtirokida hududiy seminarlar tashkil qilinishi rejalashtirilgan.
Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat),
O‘zA muxbirlari