Mustaqilligimizning 34 yilligi arafasida yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilgan umumxalq xayriya hasharida “Olmaliq KMK” AJ mehnat jamoasi ham faol ishtirok etdi. Kombinat tarkibiy bo‘linmalari o‘zlariga biriktirilgan mahallalar, ko‘chalar, hududlar, xiyobonlar hamda qabristonlarni obodonlashtirdi.
Tashkil etilgan umumxalq hashari davomida kombinat mehnat jamoasi tomonidan 132 ming metr kvadrat hudud, 35 ming 837 pogonometr irrigatsiya tizimi tozalandi. Shu bilan birga, 43 ming 408 pogonometr bordyurlar, 15 ming 932 dona daraxtlar oqlanib, 41 ming 72 tup daraxtlarga shakl berildi. Hashar ishlariga jami 135 ta maxsus texnikalar safarbar etildi.



Shuningdek, kam ta’minlangan va boquvchisini yo‘qotgan oilalarning xonadonlarida ham kombinat ishchi-xodimlari tomonidan obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Bu kabi tadbirlar o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mujassam etgan hamda hududni obodonlashtirish maqsadida o‘tkazilgan ushbu hashar yurtimizni yanada obod va fayzli bo‘lishida o‘ziga xos xayrli amallardir.



A.Musayev, O‘zA.