Surxondaryo viloyatida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni keng nishonlanmoqda.

Obod turmush, farovon hayot va to‘kin dasturxonimiz bunyodkorlarining asosiy bayram tadbiri Termiz shahridagi “Grand Almaz” to‘yxonasida bo‘lib o‘tdi. 

Tantanali tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi soha xodimlarini kasb bayrami bilan samimiy tabriklab, yurtimiz obodligi, elimiz farovonligi yo‘lidagi ezgu yumushlariga muvaffaqiyat tiladi. 

Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimiz agrar tarmog‘i yangi bosqichda rivojlanib, tinch, to‘kin hayotni ta’minlamoqda. Bu jarayonda qishloq xo‘jaligini isloh qilish va bozor mexanizmlarini joriy etish yuzasidan amalga oshirilayotgan islohotlar yaxshi samara bermoqda. 

Janubdagi viloyatda ham qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtirishda fan yutuqlari, innovatsion g‘oyalar, shuningdek, suv tejovchi texnologiyalardan oqilona foydalanilayotgani hosildorlikni oshirishga xizmat qilmoqda. Jumladan, bundan besh yil avval 74,1 gektar paxta maydonidan 201,5 ming tonna hosil olingan bo‘lsa, yakunlanayotgan yilda 62,9 ming gektar yerdan 291,1 ming tonna xom ashyo terib-yig‘ib olindi. G‘allakorlar 2020 yil 93 ming gektar maydonda boshoqli don parvarishlab 619,4 ming tonna hosil yig‘ib olgan bo‘lsa, bu yil 89,3 ming gektar maydondan 820,7 ming tonna xirmon ko‘tardi. Shuningdek, 2,3 ming tonna pilla, 2 million 311 ming tonna meva-sabzavot, 226,8 ming tonna go‘sht va 1 million tonnadan ziyod sut, 610,5 million dona tuxum yetishtirdi. 

Agrar tarmoq rivojlangan viloyatda oltita paxta-to‘qimachilik, 13 ta meva-sabzavotchilik, ikkita g‘allachilik, bitta sholichilikka ixtisoslashgan klaster qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirmoqda. Keyingi ikki yilda paxta parvarishlashda xorij tajribalaridan foydalanishga alohida e’tibor qaratilib, o‘tgan yil 3,3 ming gektar maydonga, bu yil 16,2 ming gektar yerga Xitoy tajribasi asosida chigit qadalib, mo‘l hosil to‘plandi. Sabzavotchilikda ham ilg‘or innovatsiya va fan yutuqlari keng qo‘llanilib, o‘tgan yil 3,2 ming gektar, bu yil besh ming gektar maydonda intensiv sabzavotchilik joriy etildi. 

Sayyoramizda global oziq-ovqat yetishmovchiligi xavfi yuzaga kelayotgan bir paytda Surxon vohasida ichki bozorni arzon, tabiiy oziq-ovqat bilan ta’minlash barobarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmini ikki barobar oshirish va eksportini ko‘paytirish uchun yetarli qulaylik mavjud. Bu imkoniyatdan samarali foydalanish va qishloq odamlarining daromad manbaini ko‘paytirib, obod turmush kechirishini ta’minlash uchun xonadonlarda tomorqachilik rivojlantirilayotir. Joriy yilda 4,3 milliard so‘m mablag‘ evaziga Termiz tumanida “Surxondaryo innovatsion tomorqa maktabi” tashkil etilib, tomorqa-yer egalariga xaridorgir va talab yuqori oziq-ovqat ekinlarini parvarishlash jarayonlari chuqur o‘rgatilayotgani bunga yaqqol dalildir. Buning uchun hududda o‘quv binosi, uch gektar maydonda issiqxona va uch gektarda o‘quv-tajriba maydoni barpo etildi. Tomchilatib sug‘orish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Uch gektar maydondagi tajriba uchastkasida Toshkent alegator, Surxondaryo jaydari, Kenza, Ismaloq kabi ko‘katlar, banan, papaya, limon yetishtirish joriy etildi. 

O‘quv kurslariga usta-dehqonlar, yetuk olim va mutaxassislar biriktirilib, tinglovchilarga yuqori daromadli ekin ekish va yiliga 3-4 marta hosil olish orqali 1 sotix yerdan o‘rtacha 10-15 million so‘m daromad topish amaliyoti o‘rgatilmoqda. Kelgusi yil vohadagi 77 ming aholi tomorqasi va 2 ming 241 gektar ijara yer maydonida 14 turdagi serdaromad ekin parvarishlash rejalashtirildi. 

Sohada yuz berayotgan katta o‘zgarish va yangilanishlar mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligi va narxlar barqarorligini ta’minlab, aholi daromadlarini oshirishga xizmat qilayotgani ahamiyatli bo‘lmoqda. 

Tantanali tadbirda bir guruh fermer va dehqon xo‘jaliklari hamda tomorqa yer egalariga “Ilg‘or fermer”, “Mehnatkash dehqon”, “Namunali tomorqachi”, davlat xizmatchilari va qishloq xo‘jaligi xodimlariga sohani rivojlantirishdagi hissasi uchun “Qishloq xo‘jaligi fidoyisi” hamda “Suv xo‘jaligi a’lochisi” ko‘krak nishonlari, viloyat hokimining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi. 

Bayram tadbiri fayzli dasturxon atrofida san’at ustalarining qiziqarli konsert dasturi bilan yakunlandi. Viloyatda mehnatkash va fidoyi qishloq xo‘jaligi xodimlarining kasb bayramiga bag‘ishlangan tadbirlar davom etadi. Jumladan, ertaga Termiz shahridagi “Alpomish” sport majmuasida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan milliy kurash musobaqasi bo‘lib o‘tadi. 21 dekabr kuni Angor tumanidagi “Qoraqir” massivida qiziqarli uloq-ko‘pkari bellashuvlari tashkil etiladi. Har ikkala musobaqa g‘oliblari ham qimmatbaho sovrinlar bilan taqdirlanadi.

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Obod turmush va to‘kin hayotimiz bunyodkorlari ulug‘lanmoqda