2025 yil 1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida o‘zaro vizasiz rejim joriy etishga doir hukumatlararo Bitim kuchga kiradi. Mazkur hujjat bo‘yicha zarur ichki tamoyillar yakunlandi.
Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi rasman xabar berdi.
Kelishuvikki davlat fuqarolarining o‘zaro vizasiz kirib-chiqishi va tranzit amalga oshirishi tartibini belgilaydi. Bundan buyon o‘zbekistonliklar va xitoyliklar o‘zaro vizasiz har bir safar uchun 30 kundan oshmagan muddatda, har qanday 180 kunlik davrda esa jami 90 kungacha safarda bo‘lishlari mumkin. Agar fuqaro 30 kundan ortiq qolishni rejalashtirsa, oldindan kirish vizasi olish talab qilinadi.
Mazkur qoidao‘qish, mehnat va media faoliyati kabi tomonlar vakolatli idoralari ruxsati taqozo etiladigan holatlarga nisbatan qo‘llanmaydi. Bitim Xitoy Xalq Respublikasining maxsus ma’muriy hududlari – Gongkong va Makaoga nisbatan amal qilmaydi.
Eslatib o‘tamiz ushbu hujjat 2024 yil 1 dekabr kuni Xitoyning Chengdu shahrida imzolangan.
M.Sayfullayev, O‘zA