OB-HAVO MA’LUMOTI: ertaga qor yog‘adi
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 14 dekabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 1-3 daraja sovuq, kunduzi 0-2 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechqurun ba’zi joylarda biroz qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik bo‘lishi (yomg‘ir, qor yog‘ishi), tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 1-6 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik bo‘lishi (yomg‘ir, qor yog‘ishi), tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik bo‘lishi (yomg‘ir, qor yog‘ishi), tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik bo‘lib, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.
Muhim hodisalar
13-15 dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga dastlab Kaspiy dengizi mintaqalaridan nam havo, so‘ngra Ural hududlaridan sovuq havo oqimi kirib keladi.
13-14 dekabr kunlari respublikamizda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi (yog‘ayotgan yomg‘ir qorga aylanishi mumkin).
13 dekabr kunlari tog‘li va tog‘oldi tumanlarida yog‘ingarchilik bo‘ladi, ba’zi joylarda kuchli qor, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shuningdek, shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha tezlashishi mumkin.
Respublikamizda havo harorati me’yoridan 8-10 daraja pasayishi kutilmoqda.
13-15 dekabr kunlari havo harorati kechasi 3-8 darajagacha sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, shimolda kechasi 7-12, ba’zi joylarda 14-16 darajagacha sovuq, kunduzi 3 darajagacha sovuq, 2 daraja iliq bo‘ladi.
O‘zA