OAVda XAMAS yetakchisi halok bo‘lgani aytilmoqda
Jahon ommaviy axborot vositalari Falastinning XAMAS harakati Siyosiy byurosi rahbari Ismoil Xaniya bugun tunda Tehronda o‘ldirilgani haqida yozmoqda. “Al-Arabiya” nashri ta’kidlashicha, halokat yuqori martabali mulozim tunagan binoga zarba berilishi oqibatida kelib chiqqan.
Manbalar “Xaniya aynan o‘ziga qarata, aniq nishonga olib yo‘naltirilgan raketadan, mahalliy vaqt bilan 2.00 da yo‘q qilingan”ini tasdiqlagan.
XAMAS ham o‘z navbatida Xaniya halok bo‘lganini ma’lum qildi. Harakat bayonotida yetakchi Eron yangi Prezidenti inauguratsiya marosimida qatnashgandan so‘ng, ushbu mamlakatdagi o‘z qarorgohiga Isroil tomonidan yo‘llangan havo zarbasi tufayli o‘ldirilgani ta’kidlangan.
(G‘.X)