Ko‘rinishidan ko‘proq ruslarga o‘xshash bo‘lgan bu kuyinchak insonni avval ham turli tadbirlarda uchratganman. Ammo uning o‘zbekcha gapirganini hech eshitmagan ekanman...

Borsam, tadbir boshlanib ketgan, notiq o‘zbek tilida ma’ruza qilayotgan ekan. Ko‘rgazmali materiallar, slaydlar orqali u o‘zi boshqarayotgan o‘quv dargohi haqida o‘zbekchalab shunchalik maroq bilan gapirar ediki, uni maroq bilan eshitmaslikning iloji yo‘q edi.

Orada kamchiliklarni ham aytib “nasib qilsa buni ham bartaraf etamiz”, “Xudo xohlasa uddalaymiz”, deb shunday samimiy lutf qilardiki, bu samimiyat nazarimda ishtirokchilarni tadbir oxirigacha shu dargohdan qo‘yib yubormadi.

O‘quv dargohida yaratilgan nafaqat zamonaviy shart-sharoit, balki amaliyotga kiritilgan juda ko‘p yangiliklar hammaga birdek qiziqarli ham edi.

Darhaqiqat, Bosh prokuratura Oliy o‘quv kurslari akademiyasi bugungi kunda ham shaklan, ham mazmunan, ham sifat jihatidan butunlay yangilangan.

Akademiya rahbari Kolenko Yevgeniy Vyacheslavovichning maroq bilan gapirayotgani ham bejiz emas. Yaratilgan yangi qiyofadagi dargohni u o‘z tashabbuskorligi, mehnatsevarligi, adolatga tashna yuragi bilan yaratganiga aslo shubha yo‘q.

Qiziqishim ustun kelib akademiya rahbari haqida shu yerda ishlaydiganlardan so‘raganimda uning polyak ekani, besh tilda erkin so‘zlasha olishini aytishdi. Havas qilgulik!

Endi akademiya haqida. Akademiyada tashkil etilgan press-turda shuni bildimki, bu dargoh endi hisobot uchun kadrlar malakasini oshiradigan eski muassasadan tubdan farq qiladi.

Endilikda prokuratura xodimlari har uch yilda bilimi, malakasi, tajribasini oshirish bilan birga layoqati bo‘yicha qat’iy sinovdan ham o‘tadi.

Eng e’tiborli jihati, akademiyada shunday dasturlar yaratilganki, unda har bir prokuratura xodimi haqida ma’lumot jamlangan. Bular shaxsga oid oddiy ma’lumotlar emas, balki xodimning darajasi, salohiyatini aniq ko‘rsatib beradigan indikator!

Akademiya tomonidan o‘quv reja va dasturlarini tuzishda Bosh prokuratura tarmoqlari va quyi turuvchi prokuraturalar bilan qayta aloqa mexanizmlaridan foydalanish yo‘lga qo‘yilgan.

Shu asosda xodimlar malakasi diagnostika qilib boriladi. Xodimning malakasini oshirishda esa yetishmayotgan jihatlar inobatga olinadi.

Akademiyada o‘qitishning eski shakl va uslublari tubdan qayta ko‘rib chiqilib, zamon talabiga to‘liq moslashtirilgan. Fan, ta’lim va amaliyotning chuqur o‘zaro aloqasi va almashinuviga asoslangan ilg‘or innovatsion ta’lim texnologiyalari joriy etilgan.

Malaka oshirish jarayonida xodimning tahliliy va tanqidiy fikrlash qobiliyati, huquqiy tahlil, xorijiy tillarni bilish va kasbiy faoliyatda muvaffaqiyatlarga erishishga ko‘maklashuvchi boshqa ko‘nikmalari shakllantiriladi, rivojlantiriladi.

O‘tgan yilda Akademiyada magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlashga asos solindi. Muhimi, magistraturaga qabul shaffoflik asosida o‘tkazilib, eng bilimli yoshlar o‘qishga qabul qilindi.

Akademiyaning zamonaviyligi shundaki, bu yerda axborot-ta’lim muhiti to‘liq raqamlashtirilgan. Bu sifatli masofaviy ta’lim tizimini joriy etish imkonini yaratgan.

Akademiya 30 dan ziyod yetakchi ilmiy va ta’lim muassasalari bilan mustahkam hamkorlik aloqalari o‘rnatgan. Talabalar almashinuvi dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha erishilgan kelishuvlar asosida Akademiya magistraturasi talabalari hozirgi kunda yetakchi xorijiy ta’lim muassasalarida tahsil olmoqda.

Akademiyaning zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlangan auditoriyalari mavjud yangi binosida maxsus xonalar (poligonlar), sud jarayonlarini modellashtirish, hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish va boshqa amaliy mashg‘ulotlarni haqiqiy sharoitlarga yaqinlashtirilgan holda o‘tkazish imkonini beradi.

13 mingdan ortiq kitob fondiga ega bo‘lgan Axborot-resurs markazi nafaqat milliy, balki yetakchi xorijiy kutubxona va axborot platformalariga ulangan.

Akademiyada uch mutaxassislik bo‘yicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalarini berish bo‘yicha Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatmoqda.

Akademiya jamoasi xalqaro 18 loyiha, shuningdek Innovatsion rivojlanish vazirligining ilmiy-texnik dasturlari doirasida beshta ilmiy-tadqiqot loyihasini amalga oshirmoqda.

Bu dargoh xodimlari jinoyatchilikning kelib chiqish sabablarini tizimli tahlil qilish va o‘rganish asnosida huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatini metodik jihatdan qo‘llab-quvvatlashga ham harakat qilmoqda.

Akademiya xodimlarining salohiyati “Taraqqiyot” respublika tanlovida, “El-yurt umidi” jamg‘armasining stipendiyali tanlovida hamda IJET, JICA, E4J, RGSL va boshqa xalqaro tanlovlar va dasturlarda erishilgan g‘alabalar ham ko‘rsatib turibdi.

Bularning barchasi Prezidentimizning 2018 yil 8 maydagi «Prokuratura organlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni ijrosi doirasida amalga oshirilgan.

Eng muhimi, farmon ijrosini ta’minlash bo‘yicha malakali mutaxassislarning bir joyga jamlangani Akademiyaning qisqa vaqtdagi ulkan yutuqlariga zamin bo‘lgan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Axir hujjatlar ko‘p, lekin sifatli ijro etilganlari ko‘p emas.

Akademiya xodimlari bilan suhbatlashsangiz, bir lahza ham tinim bilmasliklarini, yangi g‘oyalar bilan yonib mehnat qilayotganini, asosiysi, ular izlanuvchan rahbarga munosib xodim bo‘lishga intilayotganini aytadi.

Bu intilishlar samarasi amalda, prokuratura tizimi rivojida tez orada ko‘zga tashlanadi, degan umiddamiz. Nafaqat o‘z kasbini sevadigan, balki Vatani taraqqiyoti uchun jon kuydiradigan, uning davlat tilini hurmat qiladigan beqiyos kadrlar esa ko‘payaversin.

Norgul Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekcha gapiradigan polyak