“OʻzLITIneftgaz”: islohot va samara
“OʻzLITIneftgaz” aksiyadorlik jamiyatida neft va gazni qayta ishlash, tabiiy gazni transportirovka qilish, ishlab chiqarish korxonalarida energiya sarfi samaradorligini oshirish va energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish boʻyicha bajarilgan ishlarga bagʻishlangan davra suhbati boʻlib oʻtdi.
“OʻzLITIneftgaz” aksiyadorlik jamiyatida neft va gazni qayta ishlash, tabiiy gazni transportirovka qilish, ishlab chiqarish korxonalarida energiya sarfi samaradorligini oshirish va energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish boʻyicha bajarilgan ishlarga bagʻishlangan davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Unda Innovatsion rivojlanish vazirligi, ilmiy-tadqiqot institutlari, Fanlar akademiyasi va boshqa vazirlik, idoralar hamda “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati qoshidagi korxonalar mutaxassislari ishtirok etdi.
Tadbirda davlatimiz rahbarining oʻtgan yil 26 maydagi “2017-2021 yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida”gi qarori neft va gazni qazib olish, qayta ishlash, energiya tejamkorligi yoʻnalishi boʻyicha muayyan ishlar olib borish va zamonaviy energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etishda muhim ahamiyat kasb etayotgani taʼkidlandi.
Maʼlumotlarga koʻra, bugungi kunda neft va gaz sohasida Jahon banki qoshidagi Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi mablagʻlarini jalb qilish orqali investitsiya loyihalari amalga oshirilgan. Mazkur loyihalardan ishlab chiqarish korxonalarida energiya sarfi samaradorligini oshirish uchun elektr oʻtkazgichlarga chastota sozlovchi moslamalar oʻrnatilib, yiliga 58,4 million kVt. soatgacha elektr energiya tejalishi kutilmoqda.
Davra suhbatida berilgan maʼlumotlarga koʻra, Jahon banki bilan hamkorlikda loyihaviy quvvati 11,4 million kub metr yoʻlovchi neft gazlarini utilizatsiya qilish orqali yiliga 34 million kVt. soatgacha elektr energiya ishlab chiqarishga yoʻnaltirilgan investitsion loyihalar ishga tushirilgan.
Hozirgi kunda “Oʻzneftgazqazibchiqarish” AJ va “Oʻztransgaz” AJ ishlab chiqarish korxonalarida siquv kompressor stansiyalaridan ajralayotgan chiqindi gazlardagi issiqlikdan 5,5 MVt elektr energiyasi ishlab chiqarishga yoʻnaltirilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilgan.