Istiqloldan oldin oddiy gugurtni ham chetdan olgan O‘zbekiston bugun dunyo mamlakatlariga yuzlab turdagi mahsulotlarni eksport qilmoqda

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida mamlakatimizning eksport salohiyati izchil yuksalib bormoqda. “Made in Uzbekistan” yorlig‘i tushirilgan mahsulotlar jahon bozorida keng o‘rin egallamoqda.

Jahon miqyosidagi moliyaviy-iqtisodiy inqiroz ta’siri davom etayotganiga qaramasdan, sanoqli mamlakatlar qatorida O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulotning yillik o‘sish sur’atlari keyingi o‘n yil davomida 8 foizdan ziyod bo‘lib kelmoqda. Xaridorgir mahsulot ishlab chiqarish hajmi va turlarini kengaytirish, ularning raqobatbardoshligini oshirish va eksportchi korxonalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar samarasida mamlakatimizda eksport hajmini joriy yilning birinchi choragida 13,9 foiz oshirishga erishildi.

Bugun O‘zbekiston korxonalari jahon bozoriga oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, qurilish materiallari, avtomobillar, zamonaviy texnika turlari va boshqa mahsulotlar chiqarmoqda.

Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda amalga oshirilgan ulkan islohotlar qishloq xo‘jaligini tubdan diversifikatsiya qilish va aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘liq ta’minlash, ularni eksport qilishni yo‘lga qo‘yish imkonini berdi. Bugungi kunda O‘zbekiston umumiy qiymati besh milliard dollardan ziyod oziq-ovqat, meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilmoqda. So‘nggi uch yilda tashqi bozorga yo‘naltirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi uch barobardan oshdi. Mamlakatimiz dunyoning saksondan ortiq davlatiga 180 turdan ortiq meva-sabzavot va ularni qayta ishlash asosida tayyorlangan mahsulotlarni eksport qilayotir. O‘zbekiston o‘rik, olxo‘ri, uzum, yong‘oq, karam, boshqa ko‘plab meva va sabzavot mahsulotlarini eksport qilish hajmi bo‘yicha dunyodagi o‘nta yetakchi davlat qatorida turadi.

– O‘zbekiston noz-ne’matlarining dong‘i yetti iqlimga ketgan, – deydi “O‘ztadbirkoreksport” kompaniyasi bosh mutaxassisi Sulton Nazarov. – Ekologik toza, yuqori quvvatli, xushta’m bu mahsulotlar butun dunyoda yuksak qadrlanadi. Mamlakatimizda yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifat jihatidan jahon bozorining yuqori talablariga javob beradi. Tadbirkorlarimizning dunyoning turli mamlakatlarida o‘tkazilayotgan xalqaro yarmarka va ko‘rgazmalardagi faol ishtiroki mamlakatimiz eksport salohiyatini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

Engil sanoat mahsulotlarini eksport qilish ko‘lami ham yil sayin kengayib bormoqda. “O‘zbekengilsanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, bugun kompaniya tarkibida uch yuzga yaqin korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Shundan 156 korxona Janubiy Koreya, Hindiston, Singapur, Germaniya, Shveytsariya, Italiya, Yaponiya, Amerika Qo‘shma Shtatlari va boshqa mamlakatlar investorlari ishtirokida tashkil etilgan.

O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan yengil sanoat mahsulotlari Yevropa, Amerika, Osiyo va Afrika mamlakatlariga yetkazib berilayotir.

– Istiqlol sharofati bilan yurtimizda tayyor mahsulot ishlab chiqarish, uni jahon bozoriga taklif etish va dunyo tadbirkorlari bilan tengma-teng raqobatlashish imkoniga ega bo‘ldik, – deydi “Sharq Sanoat” konserni raisi o‘rinbosari Ahmad Ergashev. – Kompaniyamiz tarkibida o‘ttiz korxona bor. Bu korxonalar eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan va barcha xalqaro standartlarga javob beradi. Trikotaj mahsulotlarimizning aksariyati eksport qilinadi. 2014-yilda jinsi matolardan turfa kiyimlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydik. Ularga talab g‘oyat yuqori.

Har qanday mahsulotning jahon bozorida xaridorgirligi uning raqobatbardoshligi va sifatiga qarab belgilanadi. Shu bois mamlakatimiz korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati, raqobatbardoshligi va eksport salohiyatini oshirishda xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Yurtimiz korxonalarida bunday tizimlarni joriy etish ishlarini muvofiqlashtirish va ularni o‘z vaqtida sertifikatlashtirish ishlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 19-iyundagi “Respublika korxonalarida xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etishni kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilayotir. Sifat boshqaruvi tizimida amalga oshiriladigan yangi bozor mexanizmi sifatli mahsulot tayyorlashni ta’minlaydi va o‘zaro shartnomalarning to‘liq bajarilishida iste’molchilar ishonchini yanada oshiradi.

Aholining uzog‘ini yaqin qiladigan, hayot sifatini oshiradigan vositalardan biri – avtomobil. O‘zbekistonda uning ishlab chiqarilishi, hozirgidek sharoitlar ilgari tushimizga ham kirmagan. Bugun shahar-ku shahar, eng chekka qishloqda ham mashinalar qatnovi bir zum tinmaydi. Har ikki uyning birida mashina. Ba’zi oilalarda ikkitadan avtomobil bor.

Hozirgi kunda avtomobillarimiz o‘ndan ortiq mamlakatga eksport qilinmoqda. Xorijiy davlatlarda O‘zbekiston avtomobil sanoatining 250 dan ortiq dileri faoliyat ko‘rsatmoqda. Zamonaviy dizayn va yuqori texnik imkoniyatlarga ega o‘zbek avtomobillari iste’molchilar ishonchini qozonib, mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini butun dunyoga namoyish etmoqda.

O‘zbekistonning barqaror iqtisodiyoti, qulay ishbilarmonlik muhiti, chet el sarmoyasini keng jalb etish va undan foydalanish bo‘yicha shakllangan puxta mexanizm bugun eng rivojlangan mamlakatlarni yurtimiz bilan faol hamkorlik qilishga chorlamoqda. Mamlakatimizda chet ellik investorlar bilan tuzilgan qo‘shma korxonalar sonining yil sayin oshib borayotgani buning yaqqol tasdig‘idir. Jumladan, “MAN Auto-Uzbekistan”, “Fayz Wood Group”, “Shindong-Spinning-Termiz”, “Navoiy Hunan Pulp”, “Toshkent lok-bo'yoq zavodi”, “Agromir”, “Khorezm tech” kabi qator qo‘shma korxonalarda ishlab chiqarilayotgan yuksak sifatli, raqobatbardosh mahsulotlar dunyoning turli mamlakatlariga eksport qilinmoqda.

Mamlakatimizda xususiy tadbirkorlik subyektlarining mahsulotlarini eksport qilishni qo‘llab-quvvatlash, ularga har tomonlama ko‘mak berish masalalariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Bugun kichik biznes korxonalari oziq-ovqat mahsulotlari, kundalik ehtiyoj mollari, qurilish materiallari, kiyim-kechaklar, elektrotexnika vositalari kabi keng turdagi tovarlarni ishlab chiqarmoqda, zamonaviy xizmatlar ko‘rsatmoqda. Davlatimiz rahbarining 2013-yil 8-avgustdagi qarori asosida tashkil etilgan Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi ularning tovar va xizmatlarini tashqi bozorga chiqarishida yaqindan ko‘maklashmoqda.

Mamlakatimizning barcha hududlarida o‘z filiallariga ega bo‘lgan mazkur jamg‘arma tadbirkorlarning xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalarda, biznes-forum va kooperatsion birjalarda ishtirok etishi, chet ellik hamkorlar topishi va shartnomalar tuzishi, xorijiy davlatlar qonunchiligiga muvofiq litsenziya va sertifikatlar, boshqa ruxsatnomalar olishida huquqiy, moliyaviy va tashkiliy yordam ko‘rsatmoqda. Jamg‘arma tomonidan yuzdan ortiq xorijiy tashkilot bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilgani kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga o‘z mahsulotlarini eksport qilishda muhim ahamiyat kasb etayotir.

Mazkur jamg‘arma joriy yilning birinchi yarim yilligida 1482 tadbirkorlik subyektiga mahsulot va xizmatlarni eksport qilishda tashkiliy, huquqiy va moliyaviy xizmatlar ko‘rsatdi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida 416 tadbirkor umumiy qiymati 512 million AQSh dollariga teng mahsulot va xizmatlarni eksport qildi. Mahalliy tadbirkorlar bilan qator xorijiy mamlakatlarning savdo majmualari o‘rtasida hamkorlik o‘rnatilib, umumiy qiymati 300 million dollardan ziyod eksport kelishuvlari imzolandi.

Jamg‘arma ko‘magida mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari chet ellarda o‘tkazilayotgan yirik xalqaro ko‘rgazma-yarmarkalarda ishtirok etib, o‘z mahsulotlari eksportini yo‘lga qo‘yish va jo‘g‘rofiyasini kengaytirish, xaridorlar topish va shartnomalar tuzishga muvaffaq bo‘lmoqda. Xususan, tadbirkorlarimiz joriy yilda Germaniya, Italiya, Yaponiya, Rossiya va boshqa mamlakatlarda bo‘lib o‘tgan xalqaro ko‘rgazmalarda mashinasozlik, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati, qurilish materiallari, mebelsozlik, kimyo sanoati, sarmoya va mehmonxona xo‘jaligi, hunarmandlik kabi tarmoqlarda faoliyat yuritayotgan yuzga yaqin kompaniya va korxonalar vakillari turli mamlakatlar ishbilarmonlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalar o‘rnatish, istiqbolli loyihalar ishlab chiqish va amalga oshirish, o‘z mahsulot va xizmatlarini eksport qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.

– Yaratilayotgan qulay imkoniyatlar tufayli mamlakatimizda o‘z mahsulotlarini eksport qilish istagidagi ishbilarmonlar tobora ko‘payib bormoqda, – deydi jamg‘arma direktori Jahongir Mustafoyev. – Jamg‘armamiz mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun ishonchli hamkorlar topish maqsadida tashqi bozorni o‘rganib, xorijiy davlatlar bilan o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlamoqda. Faoliyatimiz davomida o‘zaro manfaatli va serqirra xalqaro savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy hamkorlikni izchil rivojlantirish, xususiy sektorning tashqi bozordagi faoliyatini kengaytirish, mamlakatimiz eksport salohiyatini yanada yuksaltirish yo‘lida qator istiqbolli loyihalarni amalga oshirmoqdamiz. Jamg‘armamiz tomonidan eksportchi korxonalarning imkoniyatlarini o‘rganish, muammolarini bartaraf etish, ishlab chiqaruvchilarni eksport faoliyatiga keng jalb qilishga bag‘ishlangan uchrashuvlar muntazam o‘tkazib kelinmoqda.

23-27-iyul kunlari Xitoyning Urumchi shahrida bo‘lib o‘tadigan oziq-ovqat mahsulotlarining xalqaro ko‘rgazmasida jamg‘arma tomonidan qirqqa yaqin tadbirkorning ishtirok etishi mo‘ljallanayotir.

– Prezidentimiz rahnamoligida milliy hunarmandlikni rivojlantirishga qaratilayotgan doimiy e’tibor, yaratilayotgan keng imkoniyat va imtiyozlar faoliyatimiz rivojida muhim omil bo‘layotir, – deydi xususiy tadbirkor Mirabbos Sa’dullaev. – Tabiiy teridan gilamlar tayyorlaymiz. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi ko‘magida turli xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalarda qatnashib, mahsulotlarimizni eksport qilmoqdamiz. Xususan, 2014-yilning may oyida Xitoyning Sian shahrida o‘tgan xalqaro sanoat yarmarkasida 20 ming dollarga gilamlar sotdik va yana 200 ming dollarlik mahsulot yetkazib berish bo‘yicha kelishib oldik.

Joriy yilning may oyida Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda “O‘zbekiston mahsulotlari raqobatbardoshligini oshirish va jahon bozorlarida mavqeini mustahkamlashga yo‘naltirilgan innovatsion loyihalar ko‘rik-tanlovi”ni e’lon qildi. Tanlov mahalliy va ikkilamchi xomashyolarni qayta ishlash hisobiga yangi turdagi eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan bo‘lib, eng yaxshi loyihalar jamg‘armaning moliyaviy mablag‘lari hisobiga rag‘batlantiriladi.

Mamlakatimizda keyingi ikki yilda xususiy mulk mavqeini oshirish va uni himoya qilish, biznes yuritish muhiti va sharoitlarini yanada yaxshilashga qaratilgan o‘ndan ziyod qonun va boshqa huquqiy-normativ hujjatlar qabul qilindi. Prezidentimizning 2015-yil 15-maydagi “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyotdagi roli va o‘rnini tubdan oshirish, tadbirkorlar uchun yanada qulay va erkin muhit yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yangi bosqichga olib chiqdi.

“Navoiy”, “Angren” va “Jizzax” iqtisodiy industrial zonalari bugungi kunda mamlakatimizning ishlab chiqarish salohiyatini modernizatsiya qilishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari tashkil etish, ular faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun qulay shart-sharoit va keng imkoniyatlar yaratishda alohida o‘rin egallamoqda. “Jizzax” maxsus industrial zonasi hududida joylashgan “Master building products” O‘zbekiston – Xitoy qo‘shma korxonasida issiq va sovuq suv polipropilen quvurlari hamda ularning fitinglari, “Navoiy” erkin-industrial iqtisodiy zonasida tashkil etilgan “Navoiy Beauty Cosmetics” O‘zbekiston-Janubiy Koreya qo‘shma korxonasida kosmetika va parfyumeriya mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. “Angren” maxsus industrial zonasida Janubiy Koreya, Singapur, Avstriya, Buyuk Britaniya, Bolgariya, Hindiston kabi davlatlarning yetakchi firma va kompaniyalari bilan hamkorlikda turli o‘lchamdagi mis quvurlar, texnik kremniy, tejamkor lampalar, ko‘mir briketlari va zamonaviy qurilish-pardozlash materiallari, shuningdek, shakar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar faoliyat yuritmoqda.

Yaqinda Shveytsariyada Jahon iqtisodiy forumi iqtisodiyoti eng tez rivojlanayotgan mamlakatlar reytingini e’lon qildi. O‘zbekiston mazkur reytingda 5-o‘rinni egalladi. Nashr qilingan hisobotda O‘zbekistonning zamonaviy bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tayotgani ijobiy baholangan. Mamlakatimiz paxta, neft-gaz va kimyo mahsulotlari eksporti bo‘yicha dunyoda yuqori o‘rinlarda turishi qayd etilgan.

Bu mustaqillik yillarida O‘zbekistonda erishilgan ulkan marralarni, iqtisodiyotimiz barqaror sur’atlar bilan rivojlanayotganini, odamlarimizning hayot darajasi va sifati tobora oshib borayotgani va bu yutuqlarni dunyo hamjamiyati tan olayotganini ko‘rsatadi. Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, xalqimizning tinimsiz mehnati, izchillik bilan olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar tufayli qo‘lga kiritilayotgan bunday ulkan yutuqlardan har birimiz faxrlanib, boshimizni baland ko‘tarib yashashga haqlimiz.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zimizga ham, o‘zgalarga ham...