Janobi Oliylari! Siz bilan 2015-yilning noyabr oyida O‘zbekistonga tashrifim chog‘ida uchrashganim menga ulkan mamnuniyat bag‘ishladi.

Janobi Oliylari!

         Siz bilan 2015-yilning noyabr oyida O‘zbekistonga tashrifim chog‘ida uchrashganim menga ulkan mamnuniyat bag‘ishladi. Shaxsan Sizga va O‘zbekiston hukumati vakillariga samimiy qabul hamda samarali muloqotlar uchun o‘zimning chuqur minnatdorligimni izhor etaman.

         Sizning xususiy sektorni O‘zbekiston iqtisodiy taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishiga aylantirish borasidagi strategik konsepsiyangizni yuksak baholayman va qo‘llab-quvvatlayman. O‘zbekiston keyingi o‘n yillar davomida erishgan ulkan yutuqlar va o‘sish sur’atlarini saqlab qolishi va yanada rivojlantirishi uchun taraqqiyotning yangi usullarini topishi zarur degan fikrga to‘la qo‘shilaman. Davlat sektorini boshqarish samaradorligi va ochiqligi xalqaro standartlarga muvofiq olib borilayotgan O‘zbekistonda zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan xususiy sektor bunday o‘sishni ta’minlashda asosiy omil bo‘lmoqda.

         Sizni ishontirib aytamanki, Jahon banki guruhi O‘zbekiston bilan hamkorlikni yuksak qadrlaydi va o‘zaro sherikligimizning navbatdagi konsepsiyasi doirasida mamlakatingiz iqtisodiy taraqqiyoti yanada yuksalishi yo‘lida hamkorlik qilishga doimo tayyor.

Samimiy ehtirom bilan,

Siril Myuller,
Jahon bankining Yevropa va
Markaziy Osiyo mamlakatlari
bo‘yicha vitse-prezidenti

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Janobi Oliylariga