Oʻzbekistonning xorijda boʻlib turgan fuqarolari muddatidan oldin ovoz berishi davom etmoqda
2019-yil 15-dekabr kuni ertalab soat 9.00 dan (Toshkent vaqti bilan soat 5:00) Amur viloyatining Svobodnenskiy tumanidagi “Renaissance Heavy Industries” kompaniyasining vaqtincha vaxta shaharchasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylovlarda muddatidan oldin ovoz berish davom etdi.

Oʻzbekistonning Vladivostok shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi bergan maʼlumotga koʻra, dastlabki uch kun ichida deputatlikka nomzodlarga muddatidan oldin ovoz berish boʻyicha sayyor punktda 4700 ga yaqin saylovchi ovoz berdi.
Oʻzbekiston Markaziy saylov komissiyasining qaroriga koʻra Bosh konsulxona huzurida 14-saylov uchastkasi tuzilib, u Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini oʻtkazuvchi 144 - Doʻmbirobod saylov okrugiga biriktirilgan.
Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabarida qayd etilishicha, 2019-yil 17-18-dekabr kunlari soat 9.00 dan 18.00 ga qadar Oʻzbekiston fuqarolari Primor oʻlkasi Mixaylovskiy tumani Dubki qishlogʻi “Esta Construction” kompaniyasi vaqtincha vaxta shaharchasida muddatidan oldin ovoz berishda ishtirok etishlari mumkin.