Oʻzbekistonning qator oliy taʼlim muassasalari bilan Fransiyaning “Parij-Syud”, “Parij I Panteon-Sorbonna”, “Parij IV”, Grenobl, Nissa Sofiya Antipolis, Tuluz, “Bretan-syud” kabi universitetlari, Sharq tillari va sivilizatsiyalari Milliy instituti, Tuluz shahridagi siyosiy tadqiqotlar instituti va Versal shahridagi Oliy arxitektura maktabi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi kelishuv va protokollar imzolangan.

Bugungi kunda Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti negizida Parij xalqaro moda akademiyasi filialini tashkil qilish masalalari boʻyicha muzokaralar olib borilmoqda. 

Shuningdek, fransiyalik pedagoglarning Samarqand “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universiteti faoliyati va unda fransuz tilidan saboq berishni joriy etishda ishtiroki borasidagi dasturlarni ishlab chiqish ishlari davom etmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet tillarni oʻrganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi qarori ijrosi doirasida esa Oʻzbekistonda fransuz mutaxassislari ishtirokida oʻzbek oʻqituvchilarining malakasini oshirish boʻyicha seminarlar muntazam tashkil etib kelinmoqda.

Mamlakatimizda davlat boshqaruvi sohasida kadrlar tayyorlash boʻyicha ham Fransiya bilan hamkorlik aloqalari oʻrnatilgan. Bunda 2012 yilning oktyabr oyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi bilan Fransiya administratsiyasi milliy maktabi oʻrtasida imzolangan hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum huquqiy asos boʻlib xizmat qilayotir.

2015 yilning aprelidan boshlab poytaxtimizda oʻz ishini tashkil qilib kelayotgan “Toshkent Fransuz alyansi” ham samarali faoliyat yuritmoqda.

Ayni paytda mamlakatimizning 1 ming 260 maktab, kollej va litseylarida, shuningdek, 8 ta oliy taʼlim muassasasida 280 mingdan ziyod yoshlar fransuz tilidan saboq olmoqda.

Shuningdek, birodarlashgan shaharlar – Samarqand bilan Lion, Xiva bilan Versal, Buxoro bilan Ruey-Malmezon oʻrtasidagi amaliy hamkorlik doirasida qator loyihalar amalga oshirilmoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻzbekistonning qator universitetlari Fransiyaning yetakchi oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik qiladi