Ochiq maʼlumotlarning eʼlon qilinishi va ulardan foydalana olish imkoniyati yaratilishi davlat organlari faoliyatining shaffofligini, jamoat nazoratini amalga oshirish, shuningdek, jismoniy shaxslar va tadbirkorlar uchun yangi xizmatlar ishga tushirilishini taʼminlaydi.

Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasi ochiq maʼlumotlar portali (data.gov.uz) mavjud boʻlib, undan davlat organlari faoliyati natijalari, mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy, demografik, ekologik va boshqa jarayonlar haqida maʼlumot olish mumkin.

Innovatsion rivojlanish vazirligi va BMT Taraqqiyot dasturi hamkorligida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Boshqaruv va biznes respublika oliy maktabida tashkil etilgan davra suhbatida ayni paytda mamlakatimizda BMT Taraqqiyot dasturi, EXHT va xalqaro moliya institutlari ekspertlarini jalb etgan holda ochiq maʼlumotlarning mutlaqo yangi ekotizimini yaratish boʻyicha ishlar olib borilayotgani maʼlum qilindi.

Xususan, xalqaro reytinglarda mamlakatimizning oʻrnini yaxshilash maqsadida 2019-yilda ochiq maʼlumotlarni yanada rivojlantirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi konsepsiyasi loyihasi, “Ochiq maʼlumotlar global indeksi“, “Ochiq maʼlumotlar barometri“ va “Yoʻl xaritasi“ni ishlab chiqish rejalashtirilgan.

Muloqotda Jahon banki ekspertlari Vlad Monial, Stela Lauka va Oleg Petrov mamlakatimizda raqamli hukumatni shakllantirishda ochiq maʼlumotlar boʻyicha islohotlarni ijobiy baholadi.

Davra suhbati yakunida ishtirokchilar mamlakatimizda ochiq maʼlumotlar resurslarini rivojlantirish borasida yangi taklif va tavsiyalar ishlab chiqishga kelishib oldi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻzbekistonda ochiq maʼlumotlarning yangi ekotizimi yaratiladi
Жамият
23:20 / 30:09:2019