Oʻzbekiston Respublikasida oliy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjati sifatida tan olinadigan xalqaro darajadagi diplom beriladi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashkent International University of Education” nodavlat oliy taʼlim muassasasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi.

Hujjat loyihasiga koʻra, mazkur nodavlat oliy taʼlim muassasasi respublika iqtisodiyot tarmoqlarini malakali kadrlar bilan taʼminlash imkoniyatlarini oshirish hamda taʼlim tizimiga jahonning ilgʻor standartlari hamda zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini joriy etish uchun zarur boʻlgan oliy maʼlumotli pedagog va boshqaruvchi kadrlarni tayyorlash, rivojlangan mamlakatlarning yetakchi oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni yana-da kengaytirish maqsadida tashkil etilmoqda.

Oliy taʼlim sifatiga qoʻyiladigan umumiy eʼtirof etilgan xalqaro talablarga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlari uchun talab yuqori boʻlgan mutaxassisliklarning bakalavriat va magistratura yoʻnalishlari boʻyicha yuqori malakali mutaxassislar hamda taʼlim tizimi uchun zamonaviy pedagog va boshqaruv kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash Universitetning asosiy vazifalari deb hisoblanadi.

Universitetni taʼsis etishda Xalq taʼlimi vazirligi investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni qabul qilish sharti bilan potensial investorlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar olib borish va tizimdagi foydalanmayotgan binolarni ajratish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.

Bunda, potensial investorga quyidagi majburiyatlar yuklatiladi:

oʻz mablagʻlari hisobidan Universitetning faoliyatini moliyalashtirish, obyektlarni rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash, jihozlash va foydalanishga topshirish, shuningdek, ularga tegishli hududni obodonlashtirish;

Universitetga berilayotgan obyektda taʼlim xizmatlari koʻrsatish yuzasidan faoliyatni amalga oshirish;

Universitet tomonidan belgilangan kvota doirasida Xalq taʼlimi vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi buyurtmasiga koʻra “The Times Higher Education World University Rankings” reytingidagi dunyoning 1000 talikka kiruvchi xorijiy oliy taʼlim muassasalari dasturlari asosida imtiyozli grantlar ajratish yoʻli bilan tegishli yoʻnalishlar boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlashni amalga oshiradi.

Loyihaga koʻra, universitet masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi nodavlat oliy taʼlim tashkiloti hisoblanadi, alohida mol-mulkka, oʻz mustaqil balansiga ega boʻladi, oʻz ixtiyoridagi mablagʻlar va mol-mulk bilan oʻz majburiyatlari boʻyicha javob beradi;

Universitetga oʻquv-metodik rahbarlikni taʼminlash, faoliyati va oʻquv jarayonini tashkil etish va yuritish, oʻquv adabiyotlari bilan taʼminlash, shuningdek abituriyentlarni oʻqishga qabul imtihonlarini oʻtkazish va chet ellik yuqori malakali mutaxassislarni yollash uchun xorijiy hamkor sifatida “The Times Higher Education World University Rankings” reytingidagi dunyoning 1000 talikka kiruvchi xorijiy oliy taʼlim muassasalarini belgilash va universitet bazasida ularning filiallarini ochish huquqi beriladi;

Universitetda oʻqitish Oʻzbekiston Respublikasi davlat taʼlim standartlari talablarini inobatga olgan holda, Universitet va uning xorijiy hamkori tomonidan tasdiqlanadigan oʻquv rejalari va dasturlariga muvofiq toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi;

Universitetda kadrlar tayyorlash kunduzgi, sirtqi, kechki va maxsus sirtqi yoʻnalishlari boʻyicha amalga oshiriladi;

Universitet bakalavr va magistratura bitiruvchilariga uning xorijiy hamkor universitetlarining Oʻzbekiston Respublikasida oliy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjati sifatida tan olinadigan xalqaro darajadagi diplom beriladi;

bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklariga qabul kvotalari Universitet tomonidan xorijiy hamkorlar bilan kelishilgan holda belgilanadi;

Universitetning magistratura taʼlim bosqichi bitiruvchilari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod
va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi rahbarlari nomenklaturasiga kiritiladi;

Universitetning magistratura dasturida oʻqishni muvaffaqiyatli tamomlagan va xalq taʼlimi tizimida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslar uchun 5 yil muddatga oylik ish haqining 50 foiz boʻlgan miqdorida ustama belgilanadi (boshqa belgilangan qoʻshimcha toʻlovlar va nafaqalardan qatʼiy nazar);

Umumtaʼlim muassasalarida faoliyatini boshlagan Universitetning bakalavr bosqichi bitiruvchilariga toʻgʻridan-toʻgʻri ikkinchi malaka toifasi, magistratura bitiruvchilariga birinchi malaka toifasi beriladi.

Loyihaga koʻra, 2023-yil 30-dekabrga qadar:

Universitet barcha turdagi soliqlar toʻlashdan;

Universitet Oʻzbekiston Respublikasidagi faoliyatidan ham doimiy muassasa orqali, ham toʻlov manbaidan olingan daromadlar boʻyicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻidan;

Universitetni jihozlash va faoliyatini tashkil etish uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha potensial investor tomonidan olib kelinadigan, Oʻzbekistonda ishlab chiqarilmaydigan uskunalar (shu jumladan, laboratoriya uskunalari), kompyuter texnikasi, multimedia mahsulotlari, tibbiyot trenajyorlari, adabiyotlar, qurilish materiallari va inventarlar bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod qilinadi.

Qaror loyihasi muhokama muddati 16-martga qadar belgilangan.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻzbekistonda nodavlat OTM tashkil etiladi. Universitet va talabalari uchun qator imtiyozlar berilishi mumkin