Poytaxtimizda 20-noyabr kuni Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlik doirasida “Pul va kapital bozorini rivojlantirish orqali Oʻzbekistonda iqtisodiy oʻsishni ragʻbatlantirish” mavzusida xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda Janubiy koreyalik hamkorlar koʻmagida tashkil etilgan konferensiyada mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan moliya institutlari, bank tizimi, sugʻurta kompaniyalari, xalqaro ekspertlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Joriy yilning avgust oyida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy bank, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolangan edi.

Mazkur xalqaro konferensiya ushbu bitimni amaliyotga tatbiq etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokamasiga bagʻishlandi.

Konferensiyada Oʻzbekiston RespublikasiBosh vazir oʻrinbosari, moliya vaziri J.Qoʻchqorov, Respublika fond birjasi boshqaruvi raisi B.Usmonov, YETTBning mamlakatimizdagi vakolatxonasi rahbari A.Drakinos, Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktori B.Ataxanov, markazning xalqaro toifadagi maslahatchisi P.Li, YETTB milliy valyutalar va kapital bozorini rivojlantirish departamenti direktori A.Kyusvek va boshqalar soʻzga chiqdi.

Qayd etilganidek, hozirgi kunda mamlakatimiz kapital bozori, bank-moliya tizimini isloh qilishda YETTB bilan hamkorlik ushbu yoʻnalishda olib borilayotgan islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish imkonini beradi.

Anjumanda moliyaviy sohani rivojlantirish, kapital bozori faoliyati, pul-kredit siyosatini takomillashtirish, xorijiy moliyaviy institutlar ishtirokidagi investitsiya loyihalarini tayyorlash va amaliyotga joriy etish, moliyaviy vositachilik faoliyatini kengaytirishga doir maʼruzalar tinglandi.

Tadbir doirasida tashkil etilgan matbuot anjumanida jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytarildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻzbekiston – YETTB: hamkorlik faoliyati yanada kengaymoqda