2016-yil 17-sentabr kuni O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashining navbatdagi VI Plenumi bo‘lib o‘tdi.

Plenum ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida partiyaning munosib ishtirokini ta’minlash borasidagi vazifalar, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga bo‘lajak nomzod ko‘rsatish, O‘zbekiston XDPning X Qurultoyini chaqirish va uning kun tartibi, partiya qurultoyiga vakillik me’yori va ularni saylash tartibi to‘g‘risidagi masalalarni muhokama qildi.

Plenumda siyosiy partiyalar uchun yaratib berilgan keng huquq va imkoniyatlardan to‘la foydalanib, partiyaning dasturiy maqsad va g‘oyalari hamda uning elektorati manfaatlaridan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga bo‘lib o‘tadigan saylovda O‘zbekiston xalq demokratik partiyasining munosib ishtirokini ta’minlash borasidagi dolzarb vazifalarga alohida e’tibor qaratildi.

Kun tartibidagi asosiy masala – O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko‘rsatish masalasi ham alohida muhokama qilindi.

Bu borada partiya elektorati, tarafdor va faollari tomonidan tavsiya etilgan O‘zXDP Markaziy Kengashi raisi, partiya fraksiyasi rahbari Xotamjon Abdurahmonovich Ketmonov partiyadan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga partiyaning Qurultoyida ko‘rib chiqish uchun nomzod sifatida ko‘rsatildi.

Shuningdek, Plenumda O‘zbekiston XDPning X Qurultoyini joriy yilning 14-oktabr kuni chaqirish va uning kun tartibi hamda partiya Qurultoyiga vakillik me’yori va ularni saylash tartibi kabi masalalar atroflicha muhokama qilindi.

So‘zga chiqqanlar tomonidan saylovoldi targ‘iboti davrida partiya tashkilotlari va faollarining samarali ish yuritishi, qonun bilan belgilangan vakolatlarni to‘la ishga solgan holda, birinchi navbatda yurtimizdagi mazkur muhim siyosiy jarayonlardan aholining xabardorligini oshirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarining sifati va samaradorligi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bildirilgan taklif va tavsiyalarni inobatga olgan holda, muhokama qilingan barcha masalalar yuzasidan O‘zXDP Markaziy Kengashi VI Plenumi tegishli qarorlarni qabul qildi.

* * *

2016-yil 17 centyabr kuni O‘zbekiston “Adolat” Sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashining VI Plenumi bo‘lib o‘tdi.

Majlisda O‘zbekiston “Adolat” SDPning joriy yilning 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovidagi ishtiroki to‘g‘risidagi masala muhokama etildi. Mamlakatimiz hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu jarayonda partiyaning munosib ishtirok etishi zarurligi alohida ta’kidlandi.

Partiya Siyosiy Kengashi a’zolari Prezident saylovi demokratik huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyatining muhim belgisi, xalqning xohish-irodasi erkin ifodalanishi, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda fuqarolar ishtirokining asosiy shakli ekanini qayd etdi.

O‘z navbatida “Adolat” SDPning dasturiy maqsad va vazifalari o‘zida aholi manfaatlarini ifoda etishi hamda bo‘lajak saylov partiya g‘oyalarini yana bir bor saylovchilar orasida keng targ‘ib qilish, partiyadan ko‘rsatiladigan Prezidentlikka nomzodning saylovoldi dasturi orqali elektorat manfaatlarini yanada chuqurroq ifodalash imkonini berishi ta’kidlandi.

Muhokamalar davomida O‘zbekiston “Adolat” SDPning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etishi maqsadga muvofiq, deb topildi. Mazkur masalada, partiya elektorati va tarafdorlarining xohish-irodasidan kelib chiqib, Siyosiy Kengash raisi, partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi rahbari Narimon Madjitovich Umarov nomzodini partiyaning navbatdagi VIII Qurultoyida ko‘rsatish taklifi qo‘llab quvvatlandi.

Partiyaning ushbu saylovda ishtiroki bilan bog‘liq masalalar uning oliy organi – Qurultoyida hal qilinishidan kelib chiqqan holda majlis qatnashchilari O‘zbekiston “Adolat” SDPning navbatdagi VIII Qurultoyini 2016-yilning 15-oktabr kuni Toshkent shahrida chaqirilishini belgilab oldi.

Plenum ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga qatnashish maqsadida tayyorgarlik ishlarini kuchaytirish, Markaziy saylov komissiyasiga belgilangan hujjatlarni o‘z vaqtida taqdim qilish kabi masalalarga to‘xtalib o‘tdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi va “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining Plenumlari