AQSHning Brigam Yang universiteti huzuridagi Huquqiy va diniy tadqiqotlar xalqaro markazi tomonidan 4-6-oktyabr kunlari Huquq va din boʻyicha 27-xalqaro simpozium tashkil etildi.

Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Resrublikasi Milliy markazi matbuot xizmati taqdim etgan maʼlumotlarga koʻra, ushbu simpozium AQSHning diniy erkinliklarni taʼminlash masalalari muhokama etiladigan asosiy xalqaro ilmiy-akademik maydonchasi hisoblanadi.

Anjumanda Gʻarbiy va Sharqiy Yevropa, Markaziy va Janubiy Osiyo, Avstraliya va Yangi Zelandiya, Janubiy va Shimoliy Amerika, shuningdek, Afrika mintaqalarining 50 ta mamlakatidan jamoat, siyosat va din arboblari, olimlar, nodavlat tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Simpozium ishiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi vakillari ham taklif etildi.

Mavzular boʻyicha shoʻba majlislarida diniy erkinliklarni taʼminlash masalalari davlatlar va diniy hamjamiyatlarning huquqlari hamda majburiyatlari nuqtayi nazaridan atroflicha muhokama qilindi.

Forum ishtirokchilari, shuningdek, din va davlat oʻrtasidagi munosabatlar, vijdon erkinligi va diniy eʼtiqod huquqi taʼminlanishining davlat tomonidan tartibga solinishi, insonni diniy omillar vaji bilan taʼqib qilishga yoʻl qoʻymaslik hamda ushbu jarayonda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning roli xususida oʻzaro fikr almashdilar. Bundan tashqari, turli ijtimoiy-siyosiy tuzumga ega mamlakatlarda vijdon erkinligi va diniy eʼtiqod huquqini taʼminlash amaliyoti koʻrib chiqildi.

Simpozium kun tartibiga koʻra, Markaziy Osiyoda vijdon erkinligi va diniy eʼtiqod huquqi taʼminlanishi mavzusi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov soʻzga chiqdi.

A.Saidov mintaqamizdagi vijdon erkinligi va diniy eʼtiqod huquqiga doir holat haqida gapirib, xususan, Oʻzbekistonda mustaqillik yillarida millatlararo va dinlararo hamjihatlikni taʼminlash borasida katta tajriba toʻplanganiga forum ishtirokchilari eʼtiborini qaratdi.

Mamlakatda vijdon erkinligi va diniy eʼtiqod sohasidagi huquqlarni taʼminlash masalalarini tartibga soladigan qonun hujjatlarini ishlab chiqish hamda huquqni qoʻllash borasida tegishli ijobiy amaliyot ham shakllangan. Yaqinda yangi tahrirda tayyorlangan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi bunga yaqqol misoldir.

Qonun loyihasida, bir tomondan, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar toʻgʻrisidagi xalqaro pakt va boshqa xalqaro hujjatlarda oʻrnatilgan talablar, BMT Inson huquqlari boʻyicha qoʻmitasining, Insoniylik mezonlari boʻyicha YEXHTning tavsiyalari oʻz aksini topgan. Ikkinchi tomondan, loyihani ishlab chiqish jarayonida xalqimizning koʻp asrlik tarixi, diniy qadriyatlari va bugungi kun voqeligi ham inobatga olingan.

Taʼkidlanganidek, ushbu qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun Qonunchilik palatasi saytiga joylashtirilgach, fuqarolar, ayniqsa, diniy jamoatlar, shu jumladan, noislomiy diniy tashkilotlar vakillari tomonidan qizgʻin muhokama qilindi. Natijada Qonunchilik palatasiga mazkur loyiha yuzasidan 500 tadan ziyod taklif va mulohazalar kelib tushdi.

Qonun loyihasi xalqaro ekspertizadan ham oʻtkazilgani alohida qayd etildi. A.Saidov taʼbiri bilan aytganda, qonun loyihasi dunyodagi shu sohaning kuchli ekspertlari bilan oʻzaro muhokama qilinishi, qonunning asl maqsad va mohiyati, unda yaratilayotgan imkoniyatlarning batafsil tushuntirilishi xalqaro ekspertlar tomonidan huquqiy tahlil tayyorlash jarayoniga xolis yondashish imkonini berdi.

Jumladan, AQSHning Xalqaro diniy erkinlik sohasidagi maxsus topshiriqlar boʻyicha elchisi Samyuel Braunbekning soʻzlariga qaraganda, ushbu qonun loyihasida aks etgan mahbuslarni ozod qilish, qonunchilikni liberallashtirish, voyaga etmaganlarning masjidga kelishiga ruxsat berish, diniy tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish kabi muhim normalarning barchasi eʼtirofga molik yutuqlardir. Shu maʼnoda, AQSH Davlat departamenti vakili Oʻzbekiston nafaqat Markaziy Osiyo mamlakatlari, balki butun dunyo uchun diniy erkinlik taʼminlangan erkin jamiyatga oʻtish yoʻlini birinchi boʻlib koʻrsatib berayotganiga chin dildan amin ekanini taʼkidlagani bejiz emas.

Oʻz navbatida AQSHning Xalqaro diniy erkinlik boʻyicha komissiyasi Oʻzbekistonni “alohida xavotirga molik davlatlar” roʻyxatidan chiqardi. Komissiya 2020-yil 28-aprelda eʼlon qilgan hisobotida AQSH Davlat departamentiga Oʻzbekistonni “maxsus kuzatuvdagi davlatlar” roʻyxatiga oʻtkazishni tavsiya etgan.

BMTning Din va eʼtiqod erkinligi boʻyicha maxsus maʼruzachisi Ahmad Shahid qonun loyihasida mustahkamlangan qonuniylik, tenglik va dunyoviylik tamoyillarini mustahkamlash uchun loyiha qoidalarini Fuqarolik va siyosiy huquqlar toʻgʻrisidagi xalqaro pakt, Din va eʼtiqodga asoslangan har qanday murosasizlik va kamsitishni yoʻq qilish toʻgʻrisidagi deklaratsiya, Rabot rejasi va harakatlari normalariga moslashtirishni taklif qilgandi. Loyihani takomillashtirish jarayonida BMT vakilining ushbu takliflari hisobga olindi.

Shuningdek, YEXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosi hamda Yevropa Kengashining Venetsiya komissiyasi mazkur qonun loyihasida vijdon erkinligi va diniy eʼtiqod sohasidagi huquqlar koʻlami kengayganligi, shuningdek, davlatning bu jarayondagi roli yana-da aniqlashtirilganini eʼtirof etib, loyiha yuzasidan oʻz amaliy taklif-tavsiyalarini taqdim etdi. Shu munosabat bilan Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari BMT, YEXHT va Venetsiya komissiyasi xalqaro ekspertlariga yana bir bor minnatdorchilik bildirdi.

Ayni vaqtda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi Qonunchilik palatasida ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun tayyorlanayotganiga eʼtibor qaratildi.

Shu bilan birga, mazkur qonun loyihasining mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng tushuntirish maqsadida, Qonunchilik palatasi tomonidan turkum davra suhbatlari tashkil etilmoqda. Bu tadbirlarda noislomiy diniy tashkilotlar, milliy madaniyat markazlari namoyandalari, xotin-qizlar va yoshlar, shuningdek, taʼlim sohasi vakillari qatnashmoqda.

Bahs-munozaralar yakunida simpozium ishtirokchilari va xalqaro ekspertlar, dunyo xalqlari hayotining maʼnaviy-axloqiy asosida diniy qarashlar mujassam ekanini hisobga olgan holda, fuqarolarning vijdon erkinligi va diniy eʼtiqod sohasidagi huquqlariga taalluqli masalalarni muhokama qilishda, birinchi navbatda, har bir xalqning tarixi va anʼanaviy qadriyatlariga hurmat hamda eʼtibor bilan yondashish lozim, degan yakdil xulosaga keldilar.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻzbekiston vakillari Huquq va din boʻyicha 27-xalqaro simpoziumda ishtirok etdi