O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2-oktabr kuni Samarqand shahridagi «Forumlar majmuasi»da BMT Jahon sayyohlik tashkiloti (YuNVTO) Ijroiya kengashining 99-sessiyasida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan mazkur tashkilot Bosh kotibi Taleb Rifaini qabul qildi.

1-Narodnoe slovo, Nurli jol.jpg

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2-oktabr kuni Samarqand shahridagi «Forumlar majmuasi»da BMT Jahon sayyohlik tashkiloti (YuNVTO) Ijroiya kengashining 99-sessiyasida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan mazkur tashkilot Bosh kotibi
Taleb Rifaini qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni yurtimizga tashrifi bilan qutlar ekan, O‘zbekiston ushbu tashrifga YuNVTO mamlakatimiz bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash tarafdori ekanining tasdig‘i, deb qarashini ta’kidladi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda turizmning xalqaro, ekologik, tabiiy-madaniy, tibbiy va boshqa zamonaviy turlarini, soha infratuzilmasini rivojlantirish, tarixiy yodgorliklarni o‘rganish va restavratsiya qilish, kadrlar tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish, Buyuk ipak yo‘li brendini birgalikda targ‘ib etish borasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Mamlakatimiz Jahon sayyohlik tashkilotiga 1993-yilda a’zo bo‘lgan. 2004-yildan buyon Samarqandda BMT Jahon sayyohlik tashkilotining Buyuk ipak yo‘lidagi mintaqaviy markazi faoliyat ko‘rsatmoqda.

YuNVTO sayyohlik sohasida jahondagi yetakchi institut sifatida madaniyat sohasidagi aloqalarni rivojlantirish va xalqlarning ma’naviyatini boyitishga faol ko‘maklashib kelmoqda. YuNVTOga 150 dan ziyod davlat a’zo. Tashkilot ko‘plab mamlakatlarda ushbu yo‘nalishdagi loyihalarni moliyalashtiradi va amalga oshiradi.

Bugungi kunda yalpi jahon mahsulotining 9 foizi, dunyo bo‘yicha xizmatlar eksportining 29 foizi turizm hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Ushbu sohada 235 milliondan ortiq kishi ish bilan band. Jahonda sayyohlik xizmatlaridan tushgan daromad hajmi 1,4 trillion AQSh dollarini tashkil etadi.

Hozirgi paytda YuNVTO dunyoning asosiy mintaqalari bo‘yicha 5 loyihani, jumladan, “Buyuk ipak yo‘li” transkontinental loyihasini amalga oshirmoqda.

1994-yildan buyon har yili o‘tkazib kelinayotgan Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasi mazkur keng ko‘lamli loyihaning muhim yo‘nalishlaridan biridir. O‘tgan davr mobaynida ushbu yarmarka Markaziy Osiyoning turizm sohasidagi yirik forumiga aylandi.

Bu yil yigirmanchi marta o‘tkaziladigan Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasi dasturidan qator muhim tadbirlar o‘rin olgan. Yarmarka arafasida Samarqandda BMT Jahon sayyohlik tashkiloti Ijroiya kengashining 99-sessiyasi o‘tayotganini alohida ta’kidlash kerak. O‘ttizdan ortiq mamlakat delegatsiyalari ishtirok etayotgan mazkur majlisda xalqaro turizmni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilinmoqda. Sessiya Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab sayyohlik bo‘yicha Samarqand deklaratsiyasi qabul qilinganining 20-yilligiga bag‘ishlangan.

YuNVTO Ijroiya kengashining 99-sessiyasini Samarqandda o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekistonning xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tibori tobora oshib borayotganining yaqqol tasdig‘i va mamlakatimiz ulkan sayyohlik salohiyatining yana bir e’tirofi bo‘ldi. Bu forum xorijiy sayyohlik kompaniyalari bilan hamkorlikni kengaytirish va yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Jahonning yetakchi ekspertlariga xalqaro turizm bozorining bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr va tajriba almashish, sohadagi yangi tendensiyalar va dolzarb masalalarni muhokama qilish imkonini yaratadi.

Taleb Rifai samimiy qabul va sessiyaning yuksak darajada tashkil etilgani uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga chuqur minnatdorlik bildirib, BMT Jahon sayyohlik tashkiloti bundan keyin ham mamlakatimiz bilan har tomonlama hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va YuNVTO hamkorligi rivojlanmoqda