Oʻzbekiston va Pokiston senatorlari uchrashuv oʻtkazdi
Uchrashuvda ikki tomonlama parlamentlaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisi Alisher Kurmanov Pokiston parlamenti Senatining Kommunikatsiya masalalari qoʻmitasi raisi Xidayatullax Xan bilan uchrashdi.
Uchrashuvda ikki tomonlama parlamentlaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Xalqaro kuzatuvchi Oʻzbekistondagi saylov haqida gapirar ekan, ushbu muhim siyosiy tadbir demokratik tamoyillar asosida, yuqori tashkiliy darajada, shaffof va ochiq oʻtkazilganini, fuqarolarning faolligini, saylov komissiyalari uyushqoqlik bilan ishlaganini taʼkidlab oʻtdi.
Tomonlar Oʻzbekiston va Pokiston oʻrtasida bu kabi doʻstlik aloqalarini yanada rivojlantirish, parlamentlararo hamkorlikni faol rivojlantirish kelgusida oʻz samarasini berishini alohida taʼkidladi. Davlatlararo bunday doʻstona aloqalar Oʻzbekiston tashqi siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri ekani borasida soʻz yuritildi.

Faxriy mehmon mamlakatimizda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, ijtimoy-iqtisodiy islohotlar katta taassurot qoldirgani toʻgʻrisida iliq fikrni bildirdi. Qayd etilganidek, bu galgi saylovlar Oʻzbekistonning ochiq siyosatini yorqin ifoda etib, xalqning parlament yangi tarkibini shakllantirishdagi faolligini namoyon etadi.
Uchrashuvda Oʻzbekistonda qonunchilik organlari tomonidan saylov huquqi va jarayoniga kiritilgan katta oʻzgarishlar xususida ham soʻz yuritildi.