O‘zbekiston Respublikasi bilan Bolgariya Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25-yilligi munosabati bilan ikki davlat rahbarlari bir-birlarini qutladilar.

Bolgariya Prezidenti Rumen Radev o‘z qutlovida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni ushbu sana bilan tabriklab, bunday deydi: "Mamlakatlarimiz o‘rtasida oliy va yuqori darajadagi siyosiy muloqot, o‘zaro manfaatli sohalardagi ikki tomonlama hamkorlik yuksak e’tirofga munosib. O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda davlatlararo amaliy muloqotni mustahkamlash bo‘yicha Sizning rahbarligingizda amalga oshirayotgan sa’y-harakatlarini Bolgariya hurmat qilishini bildirmoqchiman. Ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotning asosi bo‘lgan tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni saqlash Bolgariya Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi uchun birdek qadrlidir".

Prezident Rumen Radev "Bolgariya Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlar rivojlanib borayotganini ijobiy baholaydi. Sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimga 2017-yil 1-iyul kuni To‘qimachilik bayonnomasi ham qo‘shilgani shundan dalolat beradi. Ishonchim komilki, bu mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi, iqtisodiy hamkorlik salohiyatini kengaytirish va ro‘yobga chiqarishda yangi istiqbollar ochadi", deb ta’kidlagan.

Davlatimiz rahbarining qutlovida "Biz Bolgariya O‘zbekiston mustaqilligini birinchilardan bo‘lib tan olgani hamda davlatimiz suverenitetini qat’iy qo‘llab-quvvatlaganini yuksak qadrlaymiz", deb alohida ta’kidlangan.

O‘zbekiston Prezidenti "o‘tgan davrda mamlakatlarimiz o‘rtasida do‘stlik va o‘zaro anglashuv an’analariga asoslangan samimiy va amaliy munosabatlar o‘rnatilgani"ni qayd etgan.

"O‘zbekiston – Bolgariya sherikligini izchil kengaytirish uchun ulkan salohiyat va keng imkoniyatlar mavjudligiga qat’iy ishonamiz", deyilgan qutlovda.

O‘zbekiston Prezidenti "bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar ikki tomonlama aloqalarga yangi sur’at bag‘ishlashi, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli va uzoq muddatli munosabatlarni kengaytirish va mustahkamlashga xizmat qilishi, ularni aniq amaliy mazmun bilan boyitishi"ga ishonch bildirgan.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Bolgariya Prezidentlari bir-birlarini qutladilar