O‘zbekiston superligasida 15-tur yakunlandi
Namanganda o‘tgan “Navbahor” va “Qo‘qon-1912” jamoalari bahsi 3:0 hisobida yakunlandi. Ushbu o‘yinda Ilhom Boydadayev, Azamat Allaniyozov, Ro‘zimboy Ahmedov gol urdi.
Namanganda o‘tgan “Navbahor” va “Qo‘qon-1912” jamoalari bahsi 3:0 hisobida yakunlandi. Ushbu o‘yinda Ilhom Boydadayev, Azamat Allaniyozov, Ro‘zimboy Ahmedov gol urdi.
“Qizilqum” o‘z maydonida “So‘g‘diyona”ni 2:0 hisobida yengdi.
Toshkentda “Lokomotiv” va “AGMK” uchrashuvi keskin va murosasiz o‘tdi. O‘yinning 48-daqiqasida “AGMK” klubi a’zosi Yovan Jokich hisobni ochgan bo‘lsa, 58-daqiqada Marat Bikmayev penaltidan gol urib hisobni tenglashtirdi. Teng kurashlar ostida o‘tgan o‘yinning 69-daqiqasida Nivaldo raqib darvozasini ishg‘ol etdi. Uning bu goli “Lokomotiv”ning 2:1 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.
Turning “Buxoro” – “Bunyodkor”, “Metallurg” – “Nasaf” uchrashuvida 2:2 hisobi qayd etilgan bo‘lsa, “Neftchi” o‘z maydonida “Paxtakor” bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi.