Toʻrt kun davom etgan mamlakat superligasining 5-tur oʻyinlari “Soʻgʻdiyona” va “Metallurg” jamoalari uchrashuvi bilan yakuniga yetdi.

Mazkur turni “Andijon” – “Nasaf” jamoalari boshlab berdi. Andijonda katta taʼmirlash ishlaridan soʻng yanada chiroy ochgan “Sogʻlom avlod” stadionida mavsumning ochilishi katta tantanaga aylanib ketdi. Viloyat hokimi, mamlakat futbol assotsiatsiyasi va Professional futbol ligasi rahbarlari ishtirok etgan, yurtimizning taniqli xonandalari oʻzlarining dilrabo kuy-qoʻshiqlarini taqdim etgan uchrashuvda futbolchilar ham bayramga hamoxang tarzda raqiblarini magʻlubiyatga uchratib, muxlislarini shod etdi. Mavsumni yaxshi boshlagan qarshiliklar esa ketma-ket uchinchi magʻlubiyatini qabul qilib oldi. Shu kuni oʻz maydonida “Dinamo” bilan kuch sinashgan “Paxtakor” qiyinchiliksiz uch ochkoni qoʻlga kiritdi. Kunning uchinchi oʻyini - “Buxoro” va “Lokomotiv” qarama-qarshiligida mezbonlar harchand urinmasin amaldagi chempionga bas kela olmadi.

Ikkinchi kunda bitta uchrashuv oʻtkazildi – qoʻqonliklar toʻrt tur yakuniga koʻra hali gʻalaba neligini bilishmayotgandi. Avvaliga AGMKdan oʻta yirik (1:7) hisobdagi magʻlubiyat, keyin oʻz maydonida “Buxoro”ga ham yutqazib qoʻyish oxir-oqibat bosh murabbiy Noʻmon Hasanov “kursisini qimirlatib qoʻygandi”. Hartugul safarda “Qizilqum” ustidan erishilgan gʻalaba yana barchasini oʻz xolida saqlab qoldi.

photo_2019-04-21_22-38-29.jpg

Kecha boʻlib oʻtgan AGMK va “Bunyodkor” uchrashuvi ham ancha qiziqarli kechdi. Jamoa “oqsoqoli” Lutfulla Toʻrayev garchi mavsum old futbolchilar tomonidan topshiriladigan jismoniy tayyorgarlik normativlarini koʻngildagidek bajara olmagan boʻlsada, maydonda eng muhim ishni bajarib, jamoadoshlariga uch ochkoni taqdim etdi.

Nihoyat, toʻrtinchi kunga kelib ikkita uchrashuv oʻtkazildi. Birinchi boʻlib maydonga “Navbahor” va “Surxon” jamoalari tushdi. Namanganliklar garchi mavsumni ochko yoʻqotish bilan boshlagan boʻlsa-da oʻtgan turda “Nasaf” mehmoni boʻlib, muhim gʻalabani qoʻlga kiritgan, futbolchilarning kayfiyati ancha baland edi. Gʻalabaga boʻlgan shijoat, ishtiyoq bu oʻyinda ham uch ochkoga undagani barchasining xatti-harakatlaridan sezilib turdi.

“Surxon” haqida ham faqat iliq fikrlarni bildirish mumkin edi. Soʻnggi pallada Superliga vakiliga aylangan jamoa qisqa fursatda professional talablarni amalga oshira oldi. Eʼtiborli jihati, jamoa dastlabki toʻrtta turni ham koʻtarinki ruhda oʻtkazdi. 5-turga kelib faqat “Paxtakor” va “Surxon” hali magʻlubiyat alamini totib koʻrmagandi. “Paxtakor”ku bu anʼanasini 5-turda ham davom ettirdi, xoʻsh, bu holat termizliklarning qoʻlidan ham kelarmikan? Afsuski kelmadi. Vaholanki, termizlik futbolchilar deyarli uchrashuv oxirlariga qadar bor mahoratlarini ishga solishdi. Biroq oʻyin tugashiga oʻn besh daqiqa qolganida namanganliklarni toʻxtatishning imkoni boʻlmadi – birin-ketin uchta gol urishning uddasidan chiqdi.

photo_2019-04-21_22-38-30.jpg

“Soʻgʻdiyona” va “Metallurg” jamoalari oʻrtasida bir necha daqiqa oldin nihoyasiga yetgan oʻyin esa 5-turga yakun yasadi. Gapning ochigʻi, soʻnggi tur, soʻnggi oʻyin muxlislarga ajoyib gollarni taqdim etdi. Avvaliga Shoxruz Norxonov toʻpni toʻxtatmay, darvozaning yuqori burchagiga yoʻnaltirgan boʻlsa, Elyor Oripovning chamasi 22-23 metr uzoqlikdan yoʻnaltirgan jarima toʻpi ham darvozaning yuqori burchagiga borib tushdi. Bahodir Pardayevning javob toʻpi hech narsani hal etmadi...

5-tur

18 aprel

“ANDIJON” –“NASAF” - 3:1

Gollar: Shaxzodbek Ubaydullayev (1)? Roʻzimboy Ahmedov (40, 57-pen) - Humoyun Murtazoyev (18).

“PAXTAKOR” –“ DINAMO” - 2:0

Gollar: Javohir Siddiqov (76), Jaloliddin Masharipov (81).

“BUXORO” – “LOKOMOTIV” - 0:2

Gollar: Arslonmurod Amanov (15), Temurxoʻja Abduxoliqov (29).

19 aprel

“QIZILQUM” –“ QOʻQON-1912” - 0:1

Gol: Murod Xolmuhammedov (90).

20 aprel

AGMK – “BUNYODKOR” - 0:1

Gol: Lutfulla Toʻrayev (39)

21 aprel

”NAVBAXOR” - ”SURXON” - 3:0

Gollar: Obid Joʻraboyev (75), Azim Ahmedov (88), Aleksandr Kasyan (90+3).

“SOʻGʻDIYONA” – “MЕTALLURG” – 2:1

Gollar: Shoxruz Norxonov (25), Elyor Oripov (64).- Bahodir Pardayev (75).

Shu tariqa beshinchi turga kelib yagona magʻlubiyatsiz borayotgan “Paxtakor” jamoasi 13 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilyapti. Poytaxtning yana bir vakili “Lokomotiv” esa karvonboshidan bor-yoʻgʻi bir ochkoga ortda qolmoqda. Kuchli uchlik ham poytaxtliklar ixtiyorida – 9 ochko bilan “Bunyodkor” band etib turibdi.

Jadvalning eng quyi ikkita oʻrni bir xil ochko (4) toʻplagan AGMK va “Nasaf”ga tegishli boʻlib oʻyinlari 26, 27 aprel kunlariga belgilangan.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻzbekiston superligasi-2019: magʻlub boʻlmagan birgina “Paxtakor” qoldi