Janubiy Koreyaning Incheon shahrida XVII yozgi Osiyo o‘yinlari nihoyasiga yetdi. O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ushbu musobaqalarda sportning 31 turida ishtirok etib, 44 medal, ya’ni 9 oltin, 14 kumush va 21 bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Biz o‘z oldimizga qo‘ygan buyuk marralarni egallash yo‘lida kundalik hayotimizda amalga oshirayotgan, butun dunyo tan olayotgan reja va dasturlarimiz, o‘sish sur’atlarimiz, kundan-kunga qiyofasi o‘zgarib, kuch-qudratga to‘lib borayotgan go‘zal va betakror ona yurtimiz, eng muhimi, rivojlangan mamlakatlardagi tengdoshlari bilan tillashuv va bellashuvga tayyor bo‘lib, tobora hal qiluvchi kuch darajasiga ko‘tarilayotgan siz, aziz yoshlarimiz, farzandlarimiz bilan biz ko‘zlagan maqsadlarimizga albatta erishamiz. Bunga hech qanday shubha bo‘lmasligi kerak.

Islom Karimov

Janubiy Koreyaning Incheon shahrida XVII yozgi Osiyo o‘yinlari nihoyasiga yetdi. O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ushbu musobaqalarda sportning 31 turida ishtirok etib, 44 medal, ya’ni 9 oltin, 14 kumush va 21 bronza medalni qo‘lga kiritdi. Jamoaviy bahslar hisobga olinganda mamlakatimiz sportchilari jami 61 medalga (12 oltin, 14 kumush va 35 bronza medal) sazovor bo‘ldi.

Osiyo o‘yinlarida qit’amizning 45 mamlakatidan 13 mingdan ziyod sportchi 36 sport turi bo‘yicha 437 medallar jamlanmasi uchun o‘zaro bahslashdi. Ular orasida Olimpiya o‘yinlari, jahon va qit’a chempionatlarining g‘olib va sovrindorlari ko‘pchilik ekani musobaqalarning keskin va murosasiz kechishini ta’minladi.

Osiyo o‘yinlarida O‘zbekistondan 228 sportchi boks, badiiy gimnastika, baydarka va kanoeda eshkak eshish, dzyudo, og‘ir va yengil atletika, erkin va yunon-rum kurashi, suzish, velosport va boshqa sport turlari bo‘yicha mamlakatimiz sharafini himoya qildi. Ular o‘zlarining yorqin chiqishlari va erishgan yuksak natijalari bilan O‘zbekistonda sportni rivojlantirishga davlat siyosati darajasida alohida e’tibor qaratilayotganini yana bir bor namoyish etdi va Vatanimiz sha’nining butun dunyoda yanada ulug‘lanishiga hissa qo‘shdi. Eng muhimi, O‘zbekiston sportchilari hech kimdan hech qachon kam bo‘lmagani va kam bo‘lmasligini yana bir bor isbotladi.

Sportchilarimiz bunday imkoniyat va yuksak marralarga mustaqilligimiz sharofati tufayli erishdi. Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda hayotimizning barcha jabhalari, jumladan, sport sohasini tubdan isloh etish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Ko‘plab zamonaviy sport inshootlari barpo etildi va bu ishlar izchil davom ettirilmoqda. Ular sifatli inventar va uskunalar bilan jihozlanmoqda, soha uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, sport va jismoniy tarbiya yosh avlodni tarbiyalash va ta’lim berish bo‘yicha to‘liq yangilangan tizimning muhim uzviy qismiga aylandi. 

23-Gimnastikachilar.jpg

O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida»gi qonuni va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar aholi, ayniqsa, yoshlar, xotin-qizlar va bolalarni jismoniy tarbiya hamda sport bilan shug‘ullanishga keng jalb etish uchun qulay shart-sharoit yaratishda muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda nufuzli xalqaro musobaqalar – o‘smirlar o‘rtasida sport gimnastikasi bo‘yicha Osiyo chempionati, taekvondo va sambo bo‘yicha Osiyo chempionati, erkin va yunon-rum kurashi bo‘yicha jahon chempionatining yuksak saviyada o‘tkazilgani bois dunyoda O‘zbekistonning sport mamlakati sifatida obro‘-e’tibori oshib bormoqda.

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan tashkil etilgan Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi mamlakatimizda sport harakatini yanada kengaytirish, jismonan sog‘lom va ma’nan barkamol avlodni tarbiyalashda alohida ahamiyat kasb etmoqda. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, biz mazkur jamg‘arma orqali avvalo sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, yosh naslimizni turli salbiy ta’sirlardan asrash, bolalar sportini ommaviy, umumxalq harakatiga aylantirishdek olijanob maqsadlarni ko‘zlaganmiz. Chunki bugun unib-o‘sib kelayotgan farzandlarining har tomonlama barkamol avlod bo‘lib hayotga kirib borishini o‘zi uchun eng ulug‘, eng muqaddas maqsad, deb bilgan mamlakatgina xalqaro hamjamiyatda munosib o‘rin egallay oladi.

O‘tgan vaqt davomida Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi ushbu ezgu maqsadlarga erishishga qaratilgan ko‘plab loyihalarni amalga oshirdi. Jamg‘armaning samarali faoliyati natijasida Vatanimizning eng chekka hududlarida ham yoshlar sport bilan muntazam shug‘ullanmoqda. Buning uchun mamlakatimizda barcha zamonaviy sharoitlar yaratilgan.

O‘zbekistonda millionlab bolalar va o‘smirlar ishtirokida an’anaviy o‘tkazib kelinayotgan uch bosqichli uzluksiz sport tizimi – “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va Universiada musobaqalari yoshlarni sportga keng jalb etish, mahoratli sportchilarni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu musobaqalar tufayli maktablar, litsey va kollejlar, oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olayotgan millionlab yoshlar futbol, tennis, suzish, shaxmat, kurash, boks, gimnastika, yengil atletika va boshqa ko‘plab sport turlarida o‘z mahoratini namoyon qilmoqda. Mamlakatimiz terma jamoalarining aksariyat vakillari ushbu o‘yinlarda tayyorgarlik maktabini o‘tab, ayni paytda yirik xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda, Vatanimiz bayrog‘ini baland ko‘tarmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2013-yil 25-fevraldagi “O‘zbekiston sportchilarini 2016-yilda Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) bo‘lib o‘tadigan XXXI yozgi Olimpiya va XV Paralimpiya o‘yinlariga tayyorlash to‘g‘risida”gi qarori mamlakatimizda sportni rivojlantirishga katta e’tibor berilayotganining yana bir yorqin tasdig‘idir.

Ushbu hujjatda sportchilarimizni Olimpiya o‘yinlariga puxta tayyorlash vazifalari, ya’ni sport federatsiyalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, xorijiy mamlakatlarda murabbiy va hakamlarning malaka oshirishini hamda sportchilarimizning o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini tashkil etish, ularning xalqaro musobaqalarda munosib ishtirok etishini ta’minlash, mamlakatimizda yana o‘nlab sport obyektlari barpo etish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash, zamonaviy uskunalar bilan jihozlash bo‘yicha muhim vazifalar belgilangan.

Sportchilarimizning XVII yozgi Osiyo o‘yinlaridagi ishtiroki mutaxassis va murabbiylarimizga Olimpiadaga yo‘llanma olish uchun kurashadigan atletlarimizning mahoratini sinovdan o‘tkazish, ularning salohiyatini baholash imkoniyatini berdi.

Osiyo o‘yinlarida qo‘lga kiritilgan medallarning katta qismi olimpiya sport turlari bilan shug‘ullanadigan yoshlarimiz hissasiga to‘g‘ri keldi. Erkin va yunon-rum kurashi bo‘yicha Rustam Assakalov, Dilshodjon Turdiyev, Bekzod Abdurahmonov, Rashid Qurbonov va boshqa polvonlarimiz o‘zbek kurash maktabining yuksak salohiyatini namoyish etib, terma jamoamizga 3 oltin, 1 kumush va 3 bronza medalini keltirdi.

– Bu mening Osiyo o‘yinlaridagi birinchi ishtirokim va ilk oltin medalimdir, – deydi erkin kurashchi Bekzod Abdurahmonov. – Prezidentimiz tomonidan yosh sportchilarga ko‘rsatilayotgan ulkan e’tibor va g‘amxo‘rlik, oilam va yaqinlarimning muhabbati shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilishimga kuch berdi.

– Men Osiyo o‘yinlariga puxta tayyorgarlik ko‘rdim, – deydi yunon-rum kurashchisi Rustam Assakalov. – G‘alaba qozonish oson kechmadi. Mamlakatimizda sportchilar uchun yaratilgan qulay sharoit, davlatimiz rahbari tomonidan ularga berilayotgan ulkan e’tibor va rag‘bat bu yutuqda asosiy omil bo‘ldi. Men O‘zbekistonni sevaman va g‘alabamni Vatanimga bag‘ishlayman.

Taekvondo (WTF) bo‘yicha sportchilarimiz qo‘lga kiritgan 4 medal ularning Osiyo o‘yinlariga tayyorgarligi to‘g‘ri tashkil etilganidan dalolat beradi. Jasur Boyqo‘ziyev birinchi oltin medalga sazovor bo‘ldi. Aka-uka Nikita va Maksim Rafalovichlar, Dmitriy Shokin kumush medallar bilan taqdirlandi.

Mamlakatimizda ayollar sportini rivojlantirishga qaratilayotgan katta e’tibor samarasida bugun o‘nlab sportchi qizlarimizni butun dunyo yaxshi biladi. Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan sportchi qizlarimizning g‘alabalari ham buni yana bir bor yaqqol isbotladi.

Gimnastikachi qizlarimiz Anastasiya Serdyukova, Jamila Rahmatova, Valeriya Davidova va Ravilya Farxutdinova yuqori tayyorgarlik va g‘alabaga bo‘lgan katta ishtiyoqni namoyish etdi. Ularning xalqa, to‘p, bulava, lenta bilan murakkab mashqlarni bajarishi muxlisu mutaxassislar olqishiga sazovor bo‘ldi. Musobaqalarga puxta tayyorgarlik ko‘rgan sportchilarimiz jamoaviy bahslarda Janubiy Koreya, Xitoy Taypeyi, Xitoy, Yaponiya, Qozog‘iston va boshqa davlatlar vakillarini dog‘da qoldirib, mamlakatimizga navbatdagi oltin medallarni keltirdi.

– Osiyo o‘yinlarining g‘olibi bo‘lganimizdan g‘oyat baxtiyormiz, – deydi Valeriya Davidova. – Zero, bunday nufuzli musobaqalarda shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilish har bir sportchining orzusidir. Biz ham buni juda xohladik va jiddiy tayyorgarlik ko‘rdik. Orzularimiz ushaldi. Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston bayrog‘i baland ko‘tarildi va davlatimiz madhiyasi yangradi. Eng muhimi shu!

Yosh og‘ir atletikachimiz Mahliyo Tog‘ayeva bellashuvlarda o‘zining yuksak mahoratini namoyish etdi.

– Bunday yirik sport musobaqasida terma jamoamiz hisobiga dastlabki medalni keltirganimdan xursandman, – deydi M.Tog‘ayeva. – Musobaqada raqobat shunchalik kuchli bo‘ldiki, hatto Olimpiya o‘yinlari sovrindorlari ham medalsiz qoldi. Osiyo o‘yinlaridagi muvaffaqiyatim mamlakatimizda sportni rivojlantirish, yosh va iqtidorli sportchilarni rag‘batlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor samarasidir.

Ushbu musobaqalarda yengil atletikachilarimiz ham salmoqli yutuqlarni qo‘lga kiritdi. London Olimpiadasi finalchisi Svetlana Radzivil balandlikka sakrash musobaqasida 1 metru 94 santimetr natija ko‘rsatib, xitoylik raqibini ortda qoldirdi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Kumush medal sohibi yengil atletikachi Leonid Andreyev ham muxlisu mutaxassislarning e’tirofiga sazovor bo‘ldi. U o‘zining yuksak mahoratini namoyish etib, 100 metrga yugurish, uzoqlikka sakrash, yadro uloqtirish va balandlikka sakrashda yuqori natijalar ko‘rsatdi.

Engil atletikachilarimiz Nadejda Do‘sanova va Ivan Zaytsev ham mamlakatimiz terma jamoasiga ikkita bronza medali keltirdi.

Bokschilarimiz ham ko‘plab medallarni qo‘lga kiritdi. Shahobiddin Zoirov va Isroil Madraimov kumush, Oybek Mamazulunov va Mirzohidjon Abdullayev bronza medallariga sazovor bo‘ldi.

Eshkak eshuvchi sportchilarimiz o‘zlariga bildirilgan ishonchni oqlab, 5 medalni qo‘lga kiritdi. Mamlakatimiz terma jamoasining g‘alabali odimlarini iqtidorli sportchimiz Aleksey Mochalov boshlab berdi. U 1000 metr masofaga baydarkada eshkak eshish bahslarida Eron, Qozog‘iston va Xitoy vakillarini ortda qoldirdi. Ikkinchi bo‘lib poygaga ikki karra jahon chempioni Vadim Menkov chiqdi. U 1000 metr masofaga kanoeda eshkak eshish bahsida Qozog‘iston, Xitoy va Janubiy Koreya sportchilaridan o‘zib ketib, marraga birinchi bo‘lib yetib keldi.

Kanoeda juftlik poygalarida qatnashgan Serik Mirbekov va Gerasim Kochnev dueti Osiyo o‘yinlarining bronza medali sovrindori bo‘ldi. Baydarkada eshkak eshish bo‘yicha to‘rtliklar o‘rtasidagi poygada Sergey Borzov, Vyacheslav Gorn, Aleksey Mochalov va Aleksandr Tropin ham bronza medalini qo‘lga kiritib, muxlislarni xursand qildi. Shu tariqa ular O‘zbekiston baydarka va kanoechilari Osiyoda yetakchilardan ekanini butun dunyoga yana bir bor namoyish etdi.

– G‘alaba qozonganimga haligacha ishonolmayapman, juda hayajondaman, – deydi Aleksey Mochalov. – Aslida oldindan g‘alabani maqsad qilgandim va musobaqaga jiddiy tayyorlangandim. Vatanimizga yana bir oltin medal tuhfa qilganimdan baxtiyorman.

Sportchilarimizning XVII yozgi Osiyo o‘yinlarida erishgan yutuqlari mamlakatimizda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida sportni rivojlantirishga nechog‘li ulkan e’tibor qaratilayotganini yana bir karra namoyish etdi. Istiqloldan avval sportchilarimizning xalqaro musobaqalarda ishtirok etishini tasavvur qilib bo‘lmasdi. Bunday nufuzli musobaqalardagi g‘alabalar haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas edi.

Bugun sport muxlislari, butun xalqimiz XVII Osiyo o‘yinlarida g‘alaba qozongan sportchilarimizni xursandchilik va faxr-iftixor bilan kutib olmoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston sportchilari hech kimdan kam emas, hech qachon kam bo‘lmaydi