O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp O‘zbekiston Respublikasi va AQSh o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25-yilligi munosabati bilan tabrik yo‘lladi.

Unda shunday deyiladi: “Mamlakatlarimiz 19-fevral kuni AQSh va O‘zbekiston o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25-yilligini nishonlaydi. Biz ikki tomonlama munosabatlarda erishilgan ko‘plab natijalarimiz bilan faxrlanishimiz mumkin.

Kelgusi yillarda ham mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik sohasidagi umumiy maqsadlarimizni amalga oshirishda Siz bilan hamkorlikda ishlaymiz, degan umiddaman. Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekiston Respublikasi va uning qo‘shni davlatlari suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini, shuningdek, Sizning Markaziy Osiyoni yanada taraqqiy ettirish va o‘zaro hamjihatligini mustahkamlashga yo‘naltirilgan sa’y-harakatlaringizni qo‘llab-quvvatlaydi».

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampga yo‘llagan tabrik maktubida shunday deyiladi: «O‘tgan davrda o‘zaro do‘stlik va sheriklik munosabatlarida mustahkam poydevor yaratildi. Ko‘p qirrali hamkorligimiz jadal va keng ko‘lamli xarakter kasb etdi».

Davlatimiz rahbari mamlakatimiz tashqi siyosatining fundamental prinsip va konseptual asoslari o‘zgarmasdan qolishini alohida ta’kidladi. O‘zbekiston Respublikasi Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan an’anaviy munosabatlarni saqlash, har tomonlama hamkorlikni izchil mustahkamlash va rivojlantirishning qat’iy tarafdoridir.

Maktubda Amerika biznesining yurtimizda uzoq muddatli faoliyat yuritishi hamda AQShning yetakchi korporatsiya va kompaniyalari bilan investitsiyaviy-texnologik hamkorlikni yanada kengaytirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekani ta’kidlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘zaro anglashuv, hurmat va ikki tomonlama manfaatdorlik tamoyillariga asoslangan strategik sheriklik ruhidagi munosabatlarni yanada rivojlantirish O‘zbekiston va AQSh xalqlari manfaatlariga xizmat qilishini qayd etgan.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Respublikasi va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25-yilligi munosabati bilan