Anvar Boboyev, O‘zA maxsus muxbiri

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 9-10-oktabr kunlari Minsk shahrida bo‘lib o‘tgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining majlisida ishtirok etdi.

MDH sammitining asosiy tadbirlari 10-oktabr kuni bo‘lib o‘tdi.

Davlat rahbarlari kengashining majlisida Hamdo‘stlik doirasidagi hamkorlikni rivojlantirishga oid dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Prezidentlar xavfsizlikni ta’minlash, gumanitar sohadagi aloqalarni kengaytirish yuzasidan fikr almashdilar.

O‘zbekiston Prezidenti MDH bevosita muloqotni qo‘llab-quvvatlash, dolzarb masalalarni muhokama qilish imkonini beradigan tuzilma, a’zo davlatlarni barqaror rivojlantirish, ularning savdo-iqtisodiy salohiyatini faol ishga solish, xavfsizlikka tahdidlarni bartaraf etish borasida o‘zaro ma’qul yondashuvlar, muvofiqlashtirilgan amaliy choralar ishlab chiqishga xizmat qiladigan maydon ekanini ta’kidladi.

Islom Karimov sammit qatnashchilari e’tiborini Hamdo‘stlik makonida to‘laqonli erkin savdo zonasini shakllantirish va uni tezroq ishga tushirish zaruratiga qaratib, bu o‘zaro savdo va sarmoyaviy aloqalarni kengaytirish uchun imkon qadar ko‘p shart-sharoit yaratishini qayd etdi.

Ma’lumki, MDH doirasida muayyan yillarni gumanitar mavzu bilan nomlash va tegishli chora-tadbirlarni belgilash an’anaga aylangan. Sammit qatnashchilari MDHda 2016-yilni ta’lim yili, deb e’lon qilishga kelishib oldilar.

Xavfsizlik masalalari muhokama qilinar ekan, narkotik moddalarning noqonuniy aylanishini nazorat qilish, noqonuniy migratsiya va odam savdosiga qarshi kurashish borasidagi hamkorlikka oid hujjatlarning loyihalari ko‘rib chiqildi.

Davlat rahbarlari kengashining majlisida MDHni yanada rivojlantirish konsepsiyasini hayotga tatbiq etish bo‘yicha asosiy chora-tadbirlar rejasi ijrosining borishi tahlil etildi, qator tashkiliy masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Hamdo‘stlikka raislik Qozog‘iston Respublikasiga o‘tdi. 

Minskka tashrif asnosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan muzokara o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarni yanada yuqori pog‘onaga ko‘tarish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr almashildi.

O‘zbekiston – Belarus munosabatlari do‘stlik va hamkorlik tamoyillari asosida rivojlanib bormoqda. Ikki mamlakatning mintaqaviy va xalqaro masalalarga qarashlari o‘xshash va yaqin. Tashqi siyosat mahkamalari o‘rtasida muntazam maslahatlashuvlar yo‘lga qo‘yilgan.

Belarus O‘zbekistonga Markaziy Osiyodagi asosiy iqtisodiy sheriklaridan biri sifatida qaraydi. Savdo ko‘lami yil sayin kengaymoqda. 2013-yilda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 193,5 million AQSh dollarini tashkil etdi. O‘zbekistondan Belarusga eksport qilinadigan paxta tolasi, to‘qimachilik sanoati va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, avtomobillar miqdori muttasil oshmoqda. Belarusdan O‘zbekistonga og‘ir yuk tashuvchi avtomobillar va traktorlar import qilinadi. Ayni paytda mamlakatlarimiz birjalari, savdo-sanoat palatalari, yirik ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasida bevosita hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan muloqotlar davom etmoqda.

Suhbat chog‘ida o‘zaro munosabatlarda savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy aloqalar ustuvor ekani, Ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Belarus hukumatlararo qo‘shma komissiyasining faoliyatini kengaytirish bu sohadagi aloqalarni yanada rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

O‘zbekiston va Belarus madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirishga alohida e’tibor bermoqda. Xususan, ikki mamlakatning madaniyat va san’at namoyandalari O‘zbekiston va Belarusda tashkil qilinadigan yirik xalqaro tadbirlarda muntazam ishtirok etib keladi. O‘zbekiston vakillari “Slavyanskiy bazar v Vitebske” xalqaro san’at festivalida, belaruslar “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalida faol qatnashadi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 9-10-oktabr kunlari Minsk shahrida bo‘lib o‘tgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining majlisida ishtirok etdi