O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi majlisi to‘g‘risida
2016-yil 27-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
2016-yil 27-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.Majlisni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Xavfsizlik kengashi Raisi Islom Karimov boshqardi.
Mamlakatimizning janubiy sarhadlarida xavfsizlikni ta’minlash, tahdid va xavf-xatarlarni bartaraf etish, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashishda mintaqadagi qo‘shni davlatlar bilan hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama etildi.
Majlisda hukumat va tegishli idoralar rahbarlari ishtirok etdi.