Prezident Janobi Oliylari!

Evropa Ittifoqi Kengashi Prezidenti etib saylanganim munosabati bilan menga tabrik yo‘llaganingiz uchun Sizga samimiy minnatdorlik izhor etaman. 

Men o‘z vazifamni bajarishga kirishar ekanman, bu lavozimda muayyan maqsadlarni nazarda tutganimni bayon qilgan edim. Xususan, Yevropa Ittifoqi xalqaro maydonda muhim o‘rin tutishiga, demokratiya va farovonlik bo‘yicha tajriba almashishiga, do‘stlar va xorijiy sheriklar bilan tinchlik va birdamlik kabi ezgu maqsadlardan kelib chiqqan holda harakat qilishiga qat’iy ishonaman. O‘zimning butun bilim va tajribamni, kuch-quvvatimni ushbu xayrli ishlarga bag‘ishlash niyatidaman. 

Siz bilan yana uchrashishni kutib qolaman.

Samimiy hurmat bilan,

Donald Tusk, 
Evropa Ittifoqi Kengashi Prezidenti

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Janobi Oliylariga