Rossiya Federatsiyasi Oliy sudi huzuridagi Sud departamenti bosh direktori oʻrinbosari Viktor Ageyev boshchiligidagi delegatsiyaning mamlakatimizga tashrifi doirasida 24-sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Oliy sud raisi Kozimjon Komilov mehmonlarni qutlar ekan, Oʻzbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlik barcha yoʻnalishlar qatori sud-huquq sohasida ham izchil rivojlanib borayotganini qayd etdi.

Mamlakatimizda Harakatlar strategiyasiga muvofiq, adolatli fuqarolik jamiyati barpo etishda sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini taʼminlashga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bunda inson huquq va erkinliklarini taʼminlashda umumeʼtirof etilgan tamoyillarni tatbiq etish, turli darajadagi delegatsiyalar tashriflarini amalga oshirish orqali xalqaro tajribani oʻrganishga alohida ahamiyat qaratilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi delegatsiyasining 2018-yil iyun oyida Rossiya Federatsiyasi Oliy sudiga tashrifi bu boradagi muhim qadamlardan biri boʻldi. Tashrif yakunida hamkorlik toʻgʻrisida bitim imzolandi. Mazkur hujjat ikki mamlakat sud hokimiyati oliy organlari oʻrtasida hamkorlik va oʻzaro anglashuvning huquqiy asoslarini mustahkamlash, sud ishlarini yuritish samaradorligini oshirish, qonun ijodkorligi faoliyatini amalga oshirish, sudyalar tayyorlashning dolzarb masalalari yuzasidan doimiy asosda tajriba almashish boʻyicha saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirishga xizmat qilmoqda.

Rossiya delegatsiyasining bu galgi tashrifi sud hokimiyati mustaqilligi va shaffofligini taʼminlashda ikki mamlakat tajribasini ommalashtirish, sohaga axborot texnologiyalarini keng joriy etishdagi hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.

Uchrashuvda mamlakatimizda sud hokimiyati mustaqilligini taʼminlash, sudlar faoliyati uchun zarur sharoit yaratish, mehnat sharoitini yaxshilash, soha xodimlari moddiy va ijtimoiy taʼminoti yuzasidan olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Mehmonlarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 30-avgustdagi “Sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi qarori ijrosi doirasida tizimga zamonaviy axborot texnologiyalari va elektron hujjatlar almashinuvi tizimini joriy etish, fuqarolarga veb-saytlar orqali interaktiv xizmatlar koʻrsatish borasidagi ishlar haqida maʼlumot berildi.

– Odil sudlov tizimini taʼminlash fuqarolarning sudlarga boʻlgan ishonchini oshirishga xizmat qiladi, – deydi V.Ageyev. – Bugungi kunda Oʻzbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida sud hokimiyatini isloh qilishga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Amalga oshirilayotgan oʻzgarishlar esa sud hokimiyati mustaqilligi va shaffofligini taʼminlashdagi saʼy-harakatlarda oʻz ifodasini topmoqda. Tashrif davomida sud ishlarini koʻrib chiqish va ularni taqsimlash, elektron axborot tizimi, davlat organlari bilan maʼlumot almashish tartibi boʻyicha tajriba almashish imkoniga ega boʻldik.

Kunning ikkinchi yarmida delegatsiya aʼzolari Toshkent shahar Chilonzor tumani va Toshkent viloyati Zangiota tumani sudlarida boʻlib, ular faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Sud jarayonini tashkil etish, sud ishlarini koʻrib chiqish va interaktiv xizmatlar koʻrsatish tizimini koʻzdan kechirdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudida uchrashuv
Жамият
18:16 / 24:09:2019