2017-yil 4-oktabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n ikkinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi.

2017-yil 4-oktabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n ikkinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlis ishida Vazirlar Mahkamasining taklif etilgan a’zolari, vazirlik va idoralarning rahbarlari, boshqa tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Majlisni Oliy Majlis Senatining Raisi N.Yo‘ldoshev boshqardi.

Senatorlar ishni “O‘zbekiston Respublikasi bilan Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasida o‘zbek-qirg‘iz Davlat chegarasi to‘g‘risidagi Shartnomani (Bishkek, 2017-yil 5-sentabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunini ko‘rib chiqishdan boshladilar. Mazkur qonun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-6-sentabr kunlari Qirg‘iziston Respublikasiga amalga oshirgan davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarning o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishini ta’minlash yuzasidan qabul qilingan amaliy harakatlar Rejasi (“Yo‘l xaritasi”) ijrosini ta’minlashga qaratilgandir.

Shartnoma bilan 1170,53 kilometr uzunlikdagi o‘zbek-qirg‘iz Davlat chegara chizig‘ining Tavsifini va o‘zbek-qirg‘iz Davlat chegarasi delimitatsiyasiga oid kartografik hujjatlarni, shuningdek, elektron (rastrli) kartografik hujjatlarni tasdiqlash nazarda tutilmoqda.

Hujjatga binoan tomonlar qolgan uchastkalardagi Davlat chegara chizig‘i o‘tishi masalalarini hal qilish uchun muzokaralarni davom ettiradilar hamda tegishli shartnomani tayyorlaydilar. Shuningdek, Shartnomada o‘zbek-qirg‘iz demarkatsiya Qo‘shma komissiyasini tuzish ham nazarda tutilgan bo‘lib, komissiya Shartnomaga muvofiq Davlat chegarasining kelishilgan ayrim uchastkalarida demarkatsiya ishlarini amalga oshiradi.

Senatorlar ta’kidlaganlaridek, chegara mavzusi ikki mamlakat munosabatlaridagi asosiy masalalardan biri bo‘lib, ushbu shartnomaning ratifikatsiya qilinishi davlatlarning ikki tomonlama munosabatlarini yanada rivojlantirish, qardosh xalqlarimiz do‘stligi va hamkorligini mustahkamlash uchun huquqiy asos va yangi omil bo‘lib xizmat qiladi. Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Shundan so‘ng senatorlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni ko‘rib chiqdilar. Xususan, qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartishlar kiritilmoqda. Unga ko‘ra, gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, mahkumga tegishli bo‘lmagan va jinoyat quroli hisoblangan ashyo musodara qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday ashyo qonuniy egalariga qaytarib berilishi lozim. Mazkur yangi norma yuqorida ko‘rsatilgan shaxslarning mulk huquqini himoya qilishga qaratilgan.

O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga ham xuddi shunday o‘zgartishlar kiritildi. O‘zgartishlarga muvofiq ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli bo‘lgan ashyoni yoki ma’muriy huquqbuzarlikning bevosita ashyosini, agar ular huquqbuzarning shaxsiy mulki bo‘lmasa, musodara qilish mumkin emas, muomaladan chiqarilgan ashyolar bundan mustasno.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-maydagi “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq “Prokuratura to‘g‘risida”gi, “Bankrotlik to‘g‘risida”gi, “Ipoteka to‘g‘risida”gi, “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi, “Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlarga, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga, Jinoyat-protsessual, Mehnat, Jinoyat-ijroiya, Fuqarolik protsessual, Xo‘jalik protsessual, Oila, Soliq va Byudjet kodekslariga o‘zgartish hamda qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Jumladan, “Prokuratura to‘g‘risida”gi qonun Bosh prokuratura huzurida tuzilgan Majburiy ijro byurosi va uning hududiy bo‘linmalari maqomini belgilab beruvchi yangi norma bilan to‘ldirilmoqda. Bundan tashqari, bir qator o‘zgartishlar sud ijrochisi o‘rniga davlat ijrochisi lavozimining kiritilishi bilan bog‘liq.

33.JPG

Bundan tashqari, qonunda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 101-moddasida nazarda tutilgan umumiy foydalanishdagi issiqlik tarmoqlaridan va issiqlik energiyasini hisobga olish asboblaridan foydalanishga oid ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish ma’muriy ishlar bo‘yicha sudyalarga taalluqli bo‘lishi nazarda tutilmoqda. Umumiy foydalanishdagi elektr va gaz tarmoqlaridan, shuningdek, elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olish asboblaridan foydalanishga oid ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolati O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosiga taalluqli bo‘lishi belgilangan.

Shu bilan birga,O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-iyundagi “Davlat veterinariya xizmati boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq ”Veterinariya to‘g‘risida”gi, “Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, “Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonunlarga, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga va Byudjet kodeksiga o‘zgartishlar kiritilmoqda. Davlat veterinariya qo‘mitasi tuzilishi munosabati bilan mazkur o‘zgartishlar bilan normativ-huquqiy hujjatlarda “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya davlat bosh boshqarmasi” so‘zlarini “O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi” so‘zlariga almashtirish nazarda tutilmoqda.

“Veterinariya to‘g‘risida”gi qonunga kiritilayotgan o‘zgartishlar bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi vakolatlariga veterinariya sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining hamkorligini muvofiqlashtirib borish vazifalari kiritilgan. Shuningdek, davlat boshqaruvining mazkur organiga veterinar osoyishtalikni ta’minlash, hayvonlarning yuqumli kasalliklarini erta aniqlash, ularga tashxis qo‘yish va ular tarqalishining oldini olishga doir ishlarning samaradorligi monitoringini amalga oshirish kabi vazifalar hamda boshqa funksiyalar yuklatilgan.

Shundan so‘ng senatorlar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga va xalqaro mehnat standartlariga muvofiq fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlashga doir chora-tadbirlarni kuchaytirish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqdilar.

Senatning mazkur tashabbusi, eng avvalo, mamlakatimizda fuqarolar mehnat huquqlarining kafolatlarini yanada mustahkamlash dolzarb ekanligi tufayli yuzaga keldi.

Ta’kidlanganidek, mustaqillik yillarida har bir shaxsning mehnat qilish, erkin ish tanlash, adolatli mehnat sharoitlariga ega bo‘lishdan iborat umume’tirof etilgan huquqini amalda ta’minlash uchun shart-sharoit yaratib bergan mustahkam huquqiy baza shakllantirildi. Xalqaro hujjatlarda mustahkamlab qo‘yilgan mazkur asosiy ijtimoiy huquqlar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida, qonun hujjatlarida o‘z aksini topdi. Ularda bolalar mehnatidan va majburiy mehnatdan foydalanishga aniq taqiqlar qo‘yilgan.

O‘zbekiston Xalqaro mehnat tashkilotining (XMT) a’zosi bo‘lgani holda mazkur tashkilotning 14 ta konvensiyasini, shu jumladan, bolalar mehnatiga va majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risidagi konvensiyalarni ratifikatsiya qildi. Ushbu konvensiyalarning qoidalari bosqichma-bosqich milliy qonun hujjatlarimizga implementatsiya qilindi.

O‘zbekiston tomonidan bu sohada XMT bilan yaqin va samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, hozirgi vaqtda fuqarolarning mehnat munosabatlari sohasidagi huquqlarini himoya qilishga doir bir qator chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi 2017-2020-yillarda O‘zbekistonda munosib mehnat bo‘yicha Mamlakat dasturi amalga oshirilmoqda. XMT bilan amaliy hamkorlik tufayli mamlakatimizning xalqaro nufuzi sezilarli darajada yaxshilandi va aniq siljishlarga erishildi.

Mamlakatimizda Bolalar va majburiy mehnat masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash samarali faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ushbu yo‘nalishdagi ishlarning ahvolini monitoring qilish davlat organlari bilan bir qatorda inson huquqlari bo‘yicha fuqarolik va milliy institutlar tomonidan ham amalga oshirilmoqda.

Ko‘rilgan chora-tadbirlar ijobiy natijalarga erishish imkonini berdi. Jumladan, mamlakatimizda bolalar mehnati va majburiy mehnat batamom yo‘q qilindi. XMT konvensiyalariga rioya qilish borasida jiddiy kamchiliklari bo‘lgan davlatlar ro‘yxatida O‘zbekiston nomi 2014-yildan beri tilga olinmayapti.

38.JPG

Senatorlar 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida fuqarolar huquqlari va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash ustuvorliklardan biri sifatida belgilab qo‘yilganligini qayd etdilar. Fuqarolarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada mustahkamlash Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilidagi katta ishlarning alohida eng muhim yo‘nalishi bo‘ldi.

Majlisda ta’kidlanganidek, mamlakatimiz xalqaro majburiyatlarga, inson huquqlari va erkinliklariga sobitqadamlik bilan rioya etishini qat’iy tasdiqlagan holda, xalqaro standartlarga muvofiq fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini bunday buyon ham ta’minlashni kuchli nazorat ostiga olib, bu sohada amaliy xalqaro hamkorlik uchun ochiq ekanligini bildirdi.

Bolalar mehnati va majburiy mehnatning oldini olish hamda unga yo‘l qo‘ymaslik va bu sohada fuqarolarning huquqlarini shak-shubhasiz ta’minlash ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish borasidagi davlatimizning siyosiy irodasini yalpi majlisda mintaqalar vakillari alohida e’tirof etdilar.

Majlis ishtirokchilari majburiy mehnat xavfiga yo‘l qo‘ymaslikka doir barcha chora-tadbirlar samaradorligini oshirish maqsadida hozirgi bosqichda mehnat munosabatlari sohasida qabul qilinayotgan chora-tadbirlar yaxlit va tizimli bo‘lishiga erishish, davlat organlari jamoat tashkilotlari bilan ijtimoiy sheriklik borasidagi imkoniyatlarni imkon qadar samarali ishga solishlari zarurligini ta’kidladilar.

Majburiy mehnat xavfiga yo‘l qo‘ymaslik, ayniqsa, qishloq xo‘jaligida yo‘l qo‘ymaslik maqsadida qishloq xo‘jaligini modernizatsiyalash, agrar sektorni mexanizatsiyalash darajasini oshirish, bu sohaga innovatsion texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha qator dolzarb vazifalarni hal qilish zarur bo‘ladi. Bundan tashqari, senatorlar ta’kidlaganlaridek, fuqarolarning mehnat huquqlari kafolatlarini ta’minlash yuzasidan mamlakatimizda ko‘rilayotgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar to‘g‘risida jahon hamjamiyatiga xolis va to‘liq axborot yetkazish muhimligini ta’kidladilar. Mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlarini o‘tkazishga, aholining, tashkilotlar va muassasalar, fermer hamda dehqon xo‘jaliklari rahbarlarining huquqiy madaniyatini yuksaltirishga bag‘ishlangan axborot kampaniyasining hamda mehnat munosabatlari sohasidagi qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan boshqa chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish ham zarur.

Batafsil muhokama yakunlariga ko‘ra, senatorlar qaror qabul qildilar, unga ko‘ra Fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlash masalalari bo‘yicha Parlament komissiyasi tuziladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlariga tegishli hududiy komissiyalar tuzish tavsiya etildi. Ular faoliyatining aniq yo‘nalishlari belgilab olindi. Parlament komissiyasi faoliyatining ochiqligini ta’minlash, parlamentning tizimli nazoratini o‘rnatish maqsadida belgilab olingan tartibga ko‘ra Parlament komissiyasi fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlash, shu jumladan, majburiy mehnatdan foydalanishning oldini olish va unga yo‘l qo‘ymaslik bilan bog‘liq O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalarini bajarish yuzasidan markazda va joylarda davlat organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari faoliyatini o‘rganish natijalari to‘g‘risida muntazam ravishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yalpi majlisi muhokamasiga axborot kiritib boradi. Hududiy komissiyalar tegishli axborotni muntazam ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlari muhokamasiga kiritib boradi.

Bundan tashqari, Senatning ushbu qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va xalqaro mehnat standartlariga muvofiq fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar majmui tasdiqlandi. Unda qonun hujjatlarini takomillashtirish, XMTning ratifikatsiya qilingan konvensiyalari bajarilishi ustidan monitoring olib borish, XMT va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari salohiyatini mustahkamlash, ushbu sohada axborot-tushuntirish ishlarini olib borish bo‘yicha qator tadbirlar nazarda tutilgan.

Qarorga ko‘ra qonun hujjatlari va xalqaro mehnat standartlariga muvofiq fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlash borasida O‘zbekiston Respublikasi tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqidagi har yilgi axborot BMT Bosh Assambleyasining rasmiy axboroti sifatida tarqatiladi.

Senat qarorida belgilab qo‘yilganidek, mamlakatimizning chet eldagi konsullik muassasalari orqali jahon hamjamiyati va xalqaro tashkilotlar, shu jumladan, xalqaro moliya institutlari e’tiboriga fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlash bo‘yicha mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar haqidagi axborot yetkazib turiladi.

Qarorga muvofiq hukumat tomonidan qishloq xo‘jaligi sohasiga bozor mexanizmlarini, hozirgi zamon fan va texnika yutuqlarini joriy etishni davom ettirish, qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash darajasini oshirish, mexanizatsiyalangan terimni keng qo‘llash uchun shart-sharoit yaratib beradigan hamda qishloq xo‘jaligi sohasini mexanizatsiyalashdan maksimal samara beradigan g‘o‘zaning yangi navlarini yetishtirish, shuningdek, jalb etilayotgan mavsumiy ishchilarni iqtisodiy jihatdan rag‘batlantirishning turli usullarini ishlab chiqish, bu sohadagi mehnat munosabatlarini tartibga solish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar ko‘riladi.

Qarorda joylarda mehnatga doir qonun hujjatlari so‘zsiz ijro etilayotganligi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda, aholi o‘rtasida ushbu masalalar yuzasidan keng axborot-tushuntirish ishlarini o‘tkazishda va boshqa tadbirlarda nodavlat notijorat tashkilotlarining, fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ishtirokiga alohida e’tibor berilmoqda. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasiga ijtimoiy sheriklik doirasida munosib mehnat sharoitlarini yaratish, fuqarolarning mehnat huquqlari kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish uchun nodavlat notijorat tashkilotlariga subsidiyalar, grantlar va ijtimoiy buyurtmalar ajratish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish tavsiya etildi.

51.JPGMuhokama yakunlariga ko‘ra majlis ishtirokchilari xalqaro tashkilotlarni, moliya institutlarini majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga baho berishda xolis bo‘lishga da’vat etdilar.

Senatorlarning fikricha, qabul qilingan qaror davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilish, har qanday shakldagi majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik masalalariga doir O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari normalari va xalqaro shartnomalarining bajarilishi ustidan parlament hamda jamoatchilik nazorati ta’sirchanligini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Shundan so‘ng senatorlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi va Oliy sudi tarkiblariga o‘zgartishlar kiritish, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasi tarkibiga o‘zgartishlar kiritish, O‘zbekiston Respublikasining Germaniyadagi Favqulodda va muxtor elchisi lavozimiga tayinlash to‘g‘risidagi hamda boshqa masalalarni ko‘rib chiqdilar.

Senatning o‘n ikkinchi yalpi majlisida mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning samaradorligini tubdan oshirishga, xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga, 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshirishga oid davlat dasturini bosqichma-bosqich ijro etishga qaratilgan, Senat vakolatiga kiradigan 8 ta masala, shu jumladan, 2 ta qonun ko‘rib chiqildi. Senatorlar tomonidan qabul qilingan qarorlar xalqaro hamkorlikni kengaytirishning, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari kafolatlarini yanada mustahkamlashning, mamlakatda barqarorlik va farovonlikni mustahkamlashning muhim omili bo‘lib qolishi ta’kidlandi.

Shuning bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n ikkinchi yalpi majlisi o‘z ishini yakunladi.

O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining
Axborot xizmati

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n ikkinchi yalpi majlisi to‘g‘risida axborot