O‘zbekiston Qahramoni Lola Murotova: Oddiy bir qishloq ayoliga ko‘rsatilgan yuksak e’tibordan boshim osmonga yetdi

Prezidentimizning farmoni bilan Oltiariq tumanidagi “Nurli obod” fermer xo‘jaligi boshlig‘i Lola Murotovaning “O‘zbekiston Qahramoni“ unvoni bilan taqdirlangani haqidagi xushxabar butun farg‘onaliklarni quvontirib yubordi. Qahramon opaning dala shiyponiga Farg‘ona viloyati hokimi Sh. G‘aniev va viloyat jamoatchiligi vakillari tashrif buyurib, davlatimizning yuksak unvoni bilan tabrikladi.

Hayoti, umrining mazmunini dehqonchilik rivoji-ravnaqida ko‘radigan Lolaxon opa istiqlol yillarida fermerlikdan chinakam baxt topdi. Opa hayot dorilfununini ado etdi. Traktorchi, oddiy ishchi, mexanik, tabelchi, brigadir, bo‘lim boshlig‘i, xo‘jalik raisi bo‘ldi. Markaziy Farg‘onaning cho‘l-dasht yerlarida paxta, boshoqli don yetishtirishda katta muvaffaqiyatlarga erishib, fermerlik sohasida o‘ziga xos tajriba va mahorat maktabi yaratdi. Hukumatning qo‘sha-qo‘sha ordenlariga, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jalik xodimi” degan faxriy unvonga sazovor bo‘ldi.

Lolaxon Murotova hech bir mubolag‘asiz, dehqonchilik ilmi professori, akademigidir. Shu bois har bir nafasi, qarashi, hatti-harakatida g‘ayrat-shijoati barq urib turadigan fidoyi zamondoshimizning qaddi-kamoliga boqib, O‘zbekistonning g‘urur va iftixorining jonli timsolini ko‘rgandek bo‘lamiz. Fermerlikdan el aro hurmat topgan bu samimiy, tantilik barq urgan chehradagi chiziqlarda ilk bor chigit ungan kunlar, paxta guli ochilgan tonglar, paxtazorlar ko‘rkining ajib namunalari aks etgandek go‘yo.

– Oddiy bir qishloq ayoliga Prezidentimizning ko‘rsatgan yuksak e’tiboridan boshim osmonga yetdi, – deydi O‘zbekiston Qahramoni L. Murotova. – Hech qachon bu haqda o‘ylamagandim. Viloyat hokimimizning o‘zlari birinchilardan bo‘lib tabriklab, shunday deganlarida rosti juda ham hayajonlandim. Bunday e’zoz va e’tibor uchun davlatimiz rahbaridan minnatdorman.

“Tinchlik” mahalla fuqarolar yig‘inidagi madaniyat uyida davom etgan qahramon opani qutlash tadbiri katta shodiyonaga aylandi.