O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi, Respublika Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, sanoat, qishloq xo‘jaligi va ijtimoiy sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida shu yilning 16-sentabr kuni Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi.

Shavkat Mirziyoyev safar davomida viloyatning Jizzax shahri, Paxtakor, Zafarobod, Do‘stlik tumanlarida bo‘ldi.

Jizzax viloyati faollari bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda davlatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning Vatanimiz ozodligi, yurt ravnaqi, tinchligini ta’minlash borasidagi faoliyati, beqiyos xizmatlari alohida qayd etildi. Xalqimiz qalbidan chuqur joy olgan bu buyuk siymoning hayot yo‘li bugungi va kelajak avlod uchun ibrat maktabi vazifasini o‘tashi ta’kidlandi. So‘nggi chorak asr mobaynida erishilgan olamshumul yutuqlarimiz ko‘lamini yanada oshirish barchamizning burchimiz ekaniga alohida urg‘u berildi.

Shu bilan birga, tanqidiy ruhda o‘tgan mazkur yig‘ilishda viloyatda sanoat sohasining rivojlanishi, yetishtirilgan paxta hosilini yig‘ib-terib olish va kuzgi g‘alla ekish mavsumining borishiga doir masalalar tahlil etildi. Iqtisodiyotda olib borilayotgan islohotlarni izchil rivojlantirish borasidagi dolzarb vazifalar, kommunikatsiya tizimlarini yanada taraqqiy ettirish, obodonlashtirish, zamonaviy bino va inshootlarni qurish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Aholi turar joylari fondi va ijtimoiy soha muassasalarini kuzgi-qishgi mavsumga tayyorlash, sanoat va boshqa sohalarning bir maromda faoliyat yuritishini ta’minlash masalalari ham yig‘ilish qatnashchilarining diqqat markazida bo‘ldi.

Shu kuni Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Ish faoliyatida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun Jizzax shahar hokimi Asror Qobilov o‘z vazifasidan ozod etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning tavsiyasiga ko‘ra Jizzax shahar hokimi vazifasiga Abduqahhor To‘xtayev tasdiqlandi.

Shu kunning o‘zida yana bir nechta tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi. Jumladan, ishda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklari uchun Jizzax viloyati prokurori, shuningdek, qator tuman hokimlari egallab turgan lavozimidan ozod etildi va ularning o‘rniga yangi nomzodlar tasdiqlandi.

Jizzax viloyati rahbariyati zimmasiga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish, barcha soha va tarmoqlarni rivojlantirish bo‘yicha belgilangan dasturlarni hayotga izchil joriy etish va ularning samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan dolzarb va istiqbolli chora-tadbirlar belgilash vazifasi yuklatildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi, Respublika Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi