O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-yanvar kuni mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha vitse-prezidenti Siril Myullerni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, O‘zbekiston va Jahon banki hamkorligi izchil rivojlanib borayotganini alohida ta’kidladi.

Bugungi kunda o‘zaro hamkorlik elektr-energetika, irrigatsiya va kommunal tarmoqlarni modernizatsiya qilish, suv ta’minoti, ishlab chiqarish, transport va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish yo‘nalishlarida Jahon bankining 2,8 milliard dollar mablag‘i jalb etilgan 33 qo‘shma loyihani o‘z ichiga oladi.

"Tolimarjon IES – "So‘g‘diyona" PS" yuqori voltli liniyasini qurish, Buxoro va Samarqand shaharlari suv ta’minoti, kanalizatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish, Qoraqalpog‘istonda suv resurslarini boshqarish, Angren – Pop temir yo‘lini elektrlashtirish, qishloq xo‘jaligi korxonalari va meva-sabzavotchilikni rivojlantirish kabi ko‘plab sohalarda loyihalar, jumladan, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimlaridagi ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalar amalga oshirildi va amalga oshirilmoqda.

2.jpg

O‘tgan yili qabul qilingan 2020-yilgacha hamkorlik qo‘shma dasturiga 27 muhim loyiha kiritilgan, uning umumiy qiymati 4 milliard dollardan iborat, shundan 3 milliard dollari Jahon banki kreditlaridir.

Jahon banki vitse-prezidenti O‘zbekistonda kichik biznesni jadal rivojlantirish, qulay ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yanada yaxshilash bo‘yicha yaqinda qabul qilingan chora-tadbirlar g‘oyat muhim ahamiyatga ega ekanini alohida ta’kidladi.

Uchrashuvda o‘zaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari xususida fikr almashildi, sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish va istiqbolli loyihalarni amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari muhokama etildi.

Jahon banki vitse-prezidenti S.Myullerning tashrifi dasturidan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida ma’ruza o‘qish, ushbu oliy ta’lim muassasasi professor va o‘qituvchilari hamda talabalari bilan uchrashuv ham o‘rin olgan.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jahon banki vitse-prezidentini qabul qildi