O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29-mart kuni mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Rossiyaning «Gazprom» kompaniyasi boshqaruvi raisi Aleksey Millerni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, mamlakatlarimiz o‘rtasida neft-gaz sohasida uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli hamkorlik yuksak darajada rivojlanayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Bugungi kunda dunyodagi yetakchi energetika kompaniyalaridan biri bo‘lgan «Gazprom» O‘zbekistonda geologiya-qidiruv ishlarini olib borish va istiqbolli uglevodorod konlarini o‘zlashtirish bo‘yicha yirik loyihalarni amalga oshirishda, shuningdek, tabiiy gazni eksportga yetkazib berishda faol ishtirok etmoqda.

Rossiyaning ushbu kompaniyasi bilan hamkorlikda Ustyurtda o‘tkazilgan keng ko‘lamli geologiya-qidiruv tadqiqotlari natijasida "Jel" gaz kondensati koni ochildi. "Shaxpaxti" koni birgalikda o‘zlashtirilmoqda. Hozirgacha u yerdan 3,5 milliard kub metr gaz qazib olingan.

rasmiy_9076.jpg

Bundan tashqari "Gazprom" Hisor hududida konlarni o‘rganish va o‘zlashtirish, qo‘shimcha neft gazlarini utilizatsiya qilish, shuningdek, mamlakatimizning tarmoqdagi yetakchi loyiha instituti bo‘lgan "O‘zLITIneftgaz» faoliyatini rivojlantirishga doir loyihalarni amalga oshirishda ham ishtirok etmoqda.

Uchrashuvda O‘zbekistonda neft-gaz sohasini rivojlantirish, jumladan, 2017-2021-yillarda uglevodorod qazib olishni ko‘paytirish dasturi doirasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan istiqbolli loyihalar ko‘rib chiqildi.

Mutaxassislar tayyorlash va ularning malakasini oshirish borasida o‘zaro hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

"Gazprom" kompaniyasi boshqaruvi raisi Aleksey Miller Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul va hamkorlikdagi loyihalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlayotgani uchun minnatdorlik bildirdi, O‘zbekiston Respublikasi bilan keng ko‘lamli hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanini ta’kidladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Prezidenti «Gazprom» kompaniyasi boshqaruvi raisini qabul qildi