O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-may kuni mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri Shayx Abdulla bin Zoid Al Nahayonni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, keng ko‘lamli o‘zaro amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun katta salohiyat mavjudligini alohida ta’kidladi.

Arab-musulmon mamlakatlari va AQSh sammiti doirasida 21-may kuni Ar-Riyod shahrida Abu Dabi Amirligi valiahdi, BAA Qurolli Kuchlari Oliy bosh qo‘mondoni o‘rinbosari Shayx Muhammad bin Zoid Al Nahayon bilan uchrashuv, shuningdek, turli darajadagi aloqalar faollashgani O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasidagi munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilishidan ikki mamlakat ham manfaatdorligi va bunga tayyor ekanini tasdiqlashi qayd etildi.

rasmiy_2154.jpg

Suhbatda BAA yetakchi bank-moliya institutlari va kompaniyalari ishtirokida iqtisodiyotning turli tarmoqlarida istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirish, turizm sohasidagi hamkorlikni faollashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zbekistonning Samarqand shahrida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish to‘g‘risidagi tashabbusi Amirliklar tomonidan qo‘llab-quvvatlangani yuqori baholandi. BAA delegatsiyasining tashrifi davomida Madaniy hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo anglashuv memorandumi imzolangani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Shayx Abdulla bin Zoid Al Nahayon Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi va BAA Prezidenti Shayx Xalifa bin Zoid Al Nahayon va Abu Dabi Amirligi valiahdi, BAA Qurolli Kuchlari Oliy bosh qo‘mondoni o‘rinbosari Shayx Muhammad bin Zoid Al Nahayonning yuksak hurmati va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi har tomonlama va o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga Birlashgan Arab Amirliklari tayyorligini ta’kidladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Prezidenti Birlashgan Arab Amirliklari tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vazirini qabul qildi