Moskva shahrida “Prodekspo – 2017” oziq-ovqat mahsulotlari xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatimiz kompaniya va korxonalari o‘z mahsulotlari va xizmatlari bilan qatnashdi.

Xalqaro ko‘rgazmada MDH davlatlari, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Turkiya, Xitoy, Janubiy Koreya va Eron kabi 50 dan ortiq mamlakatdan 2 mingdan ziyod ishtirokchi o‘z mahsulotlari bilan qatnashdi, 29 mamlakatning milliy ekspozitsiyasi tashkil qilindi. Dunyoning 40 ga yaqin mamlakatidan mehmonlar tashrif buyurdi.

O‘zbekiston o‘rik, olxo‘ri, uzum, yong‘oq, karam va boshqa ko‘plab meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha dunyodagi o‘nta yetakchi davlat qatorida turadi. Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan izchil ishlar samarasida 180 turdan ziyod meva-sabzavot va ularni qayta ishlash asosida tayyorlangan mahsulotlar dunyo bozorlariga eksport qilinayotir. So‘nggi uch yilda tashqi bozorga yo‘naltirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi uch barobardan oshdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 5-oktabrdagi "Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni mamlakatimizda qulay ishbilarmonlik va investitsiyaviy muhitni yanada yaxshilash, tadbirkorlarning erkin faoliyat ko‘rsatishini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga xizmat qilmoqda.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish borasida amalga oshirilgan ishlar samarasida mamlakatimizning eksport salohiyati yuksalib bormoqda. “Made in Uzbekistan” yorlig‘i tushirilgan mahsulotlar jahon bozorida keng o‘rin egallashi, tadbirkorlarning chet ellarda o‘tkazilayotgan yirik xalqaro yarmarkalar, biznes-forum va kooperatsion birjalarda ishtirok etishi, yangi hamkorlik aloqalari o‘rnatishi va shartnomalar tuzishi amaliy ishlar natijasidir.

“Prodekspo – 2017” ko‘rgazmasi ham bu borada muhim ahamiyat kasb etdi. Mazkur forumda oziq-ovqat mahsulotlari, ularni yetishtirish va qayta ishlashga oid eng so‘nggi yutuqlar namoyish etildi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan ma’lum qilishlaricha, mazkur xalqaro ko‘rgazmada tadbirkorlarimiz tomonidan 64 million AQSh dollari miqdorida eksport shartnomalari imzolandi. Ko‘rgazma ishtirokchilari O‘zbekiston milliy stendida mamlakatimizning oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish borasidagi salohiyati va imkoniyatlari, sohada taklif etilayotgan xizmatlar bilan tanishdi.

– 24-xalqaro oziq-ovqat ko‘rgazmasida "O‘zagroeksport" AJ va "Inter Sok", "Mavis", "Tillaxon", "Hydrolife Agro Eco" kabi o‘nga yaqin kompaniyalarimiz o‘z mahsulotlarini namoyish qildi, – dedi Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi marketing bo‘limi xodimi Mohinur Burhonova. – Mazkur ko‘rgazmada jamg‘arma tomonidan tadbirkorlarimiz mahsulotlari namoyishi uchun O‘zbekiston milliy ekspozitsiyasi tashkil etildi.

“Prodekspo – 2017” ko‘rgazmasi doirasida imzolangan hujjatlar va erishilgan kelishuvlar eksport hajmini oshirish va jo‘g‘rofiyasini kengaytirish, mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston oziq-ovqat mahsulotlari jahon bozorida