Bugungi kundagi taraqqiyot koʻp jihatdan axborot texnologiyalarining rivojlanish koʻrsatkichlariga bogʻliq. XXI asrda internet tarmogʻi jamiyat hayotining turli sohalariga kirib kelishi bilan “elektron hukumat”, “elektron savdo”, “raqamli iqtisodiyot” kabi atamalar paydo boʻldi.

2020-yil — Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili

Ushbu atama ilk bor 1995-yilda Massachusets universiteti olimi Nikolas Negroponte tomonidan tilga olingan.

Massachusets universiteti olimi Nikolas Negroponte, 2009-yil

Raqamli iqtisodiyot — bu iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalarni raqamli texnologiyalardan foydalangan holda amalga oshirish tizimi boʻlib, bunga onlayn xizmatlar, masofaviy taʼlim, elektron toʻlovlar, tovar va xizmatlarning internet-savdosi misol boʻla oladi.

Buni qarangki, Oʻzbekiston energetika sohasida, xususan elektr energetikasi tarmogʻida bir necha yillardan buyon raqamli texnologiyalardan samarali foydalanilib kelinadi. Ayni paytda esa ularni har tomonlama mukammal, zamonaviy dasturlar hisobiga yangilash, takomillashtirish ishlari olib borilmoqda.

Bugun “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatida amaliyotda qoʻllanilayotgan va endi amaliyotga tatbiq etilayotgan raqamli texnologiyalar bilan birma-bir tanishib chiqamiz.

Milliy dispetcherlik markazida

“Oʻzbekiston MET” AJ Milliy dispetcherlik markazi zamonaviy raqamli texnologiya dasturlaridan bir necha yillardan beri samarali foydalanadi. Birgina elektr energiyasi taʼminoti umumtizimida ishlab chiqarish va isteʼmol oʻrtasidagi muvozanatni saqlash, tizimda roʻy berishi mumkin boʻlgan avariyaviy holatlarga qarshi rele himoyasi va avtomatika tizimining tezkor choralari, oddiy til bilan aytganda, yuqori kuchlanishli havo liniyalarining aynan qayerida nosozlik (!) nima sababdan roʻy berganini bir necha kilometr uzoqdagi boshqaruv pultidan turib bilish va soniyalar ichida holatni barqarorlashtirish uchun kerakli topshiriq-koʻrsatmalarni berish — Milliy dispetcherlik markazi tomonidan samarali foydalanib kelayotgan raqamli dasturlarning bir qismidir.

Shuningdek, Aksiyadorlik jamiyati rahbar kadrlari, jarayonga bevosita masʼul boʻlgan Milliy dispepcherlik markazi mutaxassislari elektr energiyasi import va eksport amaliyotlarini, shu bilan birga, viloyatlar kesimida elektr energiyasi isteʼmolini onlayn rejimda kuzatib turishi — “Oʻzbekiston MET” AJda raqamli texnologiya dasturlaridan samarali foydalanish ishlari allaqachon boshlab yuborilganining isbotidir. Hozirda ushbu yoʻnalishdagi ishlar yana-da takomillashtirish bosqichida.

Masalan, Amerika Qoʻshma Shtatlarining USAID agentligi bilan hamkorlikda energetika tizimining ish rejimlarini hisoblash uchun moʻljallangan DigSilent Power Factory dasturi oʻzlashtirilib, bir necha xodimlar ushbu dasturda ishlash borasida dastlabki tayyorgarlikdan oʻtdi va tegishli sertifikatlarga ega boʻlishdi.

Bugungi kunda DigSilent Power Factory dasturidan foydalanishni keyingi bosqichlari boʻyicha oʻrganish ishlari davom etmoqda. Ushbu kompyuter dasturining qoʻllanilishi elektr energetika tizimi ish rejimlarini hisoblash ishlarini yengillashtiradi, uning natijalari sifatliligini taʼminlaydi hamda energetika tizimi ish rejimlari toʻgʻrisidagi kerakli maʼlumotlarni “on-line” tarzda olish imkonini beradi.

Bundan tashqari, Jahon Banki bilan hamkorlikda Oʻzbekiston energetika sohasidagi avtomatlashtirilgan boshqarish tizimini raqamli texnologiyalarga oʻtkazish, yaʼni mavjud operativ-axborot kompleksini zamonaviy SCADA/EMS tizimi bilan almashtirish borasida ishlar boshlab yuborilgan. Bu tizimning qoʻllanilishi Oʻzbekiston energetika tizimini operativ boshqarish jarayonida muhim ahamiyatga ega boʻlib, avariyaviy vaziyatlarning oldini olish, ularni zudlik bilan bartaraf etish imkonini beradi.

Yillar davomida energetika tizimidagi issiqlik va gidroelektr stansiyalari asosan bitta joydan, yaʼni Milliy dispetcherlik markazidan tyelefon aloqasi orqali— mutaxassislarning oʻzaro muloqoti yordamida boshqarib kelinar edi. Endilikda energetika tizimida zamonaviy, yuqori samardorlikka ega boʻlgan bugʻ-gaz qurilmali uskunalar hamda shamol va quyosh energiyasidan foydalanuvchi yirik quvvatli qayta tiklanuvchi elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi stansiyalarini operativ boshqarish jarayonini amaliyotga tadbiq etish bosqichma-bosqich takomillashtirib borilmoqda.

Shu oʻrinda bir narsani alohida taʼkidlash lozimki, SCADA/EMS tizimining tadbiq etilishi Milliy dispetcherlik markazi operatorining ish faoliyatini birmuncha yengillashtirish bilan birga samaradorlik koʻrsatkichini keskin oshiradi. Shuningdek, zamonaviy texnologiya axborot uzatish sifatini oshiradi va yuqorida sanab oʻtilgan stansiyalar, energetika tizimiga kiritilishi moʻljallangan raqamli podstansiyalarni masofadan turib elektron dastur orqali boshqarish imkonini beradi.

Bu borada amalga oshirilayotgan ishlar OAV va jamoatchilikka maʼlum qilib borilmoqda: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/4745

Energiya tejamkorligi va samaradorligida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil PQ-4422-sonli “Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJda “2020–2022-yillarda elektr energiyasini tejash va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish chora-tadbirlari rejasi” ishlab chiqilgan. Shu tadbirga asosan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish maqsadida 7 ta 500 kV kuchlanishli podstansiyalarda quyosh suv isitkichlari oʻrnatildi.

“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga qarashli barcha podstansiyalarda elektr energiyasi oqimini nazorat qilish va hisobga olish tizimi (ASKUE) joriy qilingan boʻlib, magistral elektr tarmoqlari filiallari oʻz tasarrufidagi podstansiyalarda barcha elektron hisoblagichdagi maʼlumotlarni onlayn rejimida koʻrish imkoniyati yaratilgan. Buning natijasida elektr energiyasi oqimi toʻliq nazoratga olingan boʻlib, tashqi taʼsirdan himoyalangan, yaʼni inson tomonidan oʻzgartirish kiritish imkoniyatlariga barham berilgan. Podstansiyaga kirib kelayotgan va uzatilayotgan elektr energiyasi oqimi balansini kunning istalgan paytida kuzatib borish, tegishli tartib-qoidalariga koʻra nazorat qilish mumkin.

Soʻzimizning isboti tariqasida 220 kVli “Keles” podstansiyasining ish faoliyatiga nazar tashlashimiz mumkin. Podstansiyada barcha elektr uskunalar zamonaviy boʻlib, dispetcher oʻz xonasidan turib barcha oʻchirish-yoqish ishlarini amalga oshirishi mumkin. Elektr uskunalarining holati monitorda koʻrinib turadi. Tarmoqlarda oʻrnatilgan hisoblagich koʻrsatgichlari ham monitorda aks etgan. Demakki, zaruriyat tugʻilganda podstansiyadan bir kunlik yoki bir oylik elektr energiyasi oqimi boʻyicha aniq maʼlumotlarni qisqa muddatda olish imkoniyatiga ega.

Gap raqamli iqtisodiyot haqida ketganda zamonaviy texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish orqali tejalgan va iqtisod qilingan mablagʻlar haqida gapirish oʻrinli. “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan elektr energiyasini tejash va energiyani uzatishda optimal rejim hosil qilinishi natijasida texnologik yoʻqotishlar yillar davomida kamayishiga erishib kelinmoqda. Buni quyidagi jadvalda koʻrishimiz mumkin:

Texnologik yoʻqotishlar yillar davomida kamayib bormoqda

Tarmoqning raqamlashtirish jarayoni tarixi

Oʻzbekiston Respublikasining energetika sohasida, xususan elektr energetika tarmogʻida raqamlashtirish 1992-yilda birinchi mikroprotsessorga asoslangan RHA qurilmalari oʻrnatilishi bilan boshlangan edi.

Keling, tarmoqqa raqamli ish dasturiga ega elektr uskunalari kirib kelish bosqichining xronologiyasi bilan tanishamiz...

· 1992-yili 500/220/10 kVli “Toshkent” podstansiyasiga “EKRA” rusumli favqulodda vaziyatlarni qayd etuvchi registratorlarga “FPM-1M” tipidagi SHJAQ — shikastlangan joyni aniqlovchi qurilmalar oʻrnatildi;
· 1995-yili 220/110/6 kVli “Shoʻrtan” va 220/110/6 kVli “Koʻkdumaloq” podstansiyalarida elektron dasturlarning dastlabki koʻrinishlariga ega “Bresler” rusumli avariyaviy hodisalarni qayd etib borish moslamalari ishga tushirildi;
· 2003-yili “PVZU-Ye” va “UPASK AKA-16 «Kedr” rusumli mikroprotsessorli elektron signallarni qabul qilish va uzatish xususiyatiga ega moslamalar bosqichma-bosqich oʻrnatilishi boshlandi. Shuningdek, “Retom-21” va “Retom-VCH” rusumli sinov moslamalari xarid qilinib, amaliyotda qoʻllanila boshladi. Misol uchun, oʻsha yilda 500/220/10 kV kuchlanishli “Qorakoʻl” podstansiyasida “Neva” tipidagi mikroprotsessorli favqulodda hodisalarni qayd etuvchi qurilmalar oʻrnatilgan edi;
· 2009–2012-yillarda esa 500 kVli havo liniyalari va 500/220/10 kVli avtotransformatorlarga avariya va nonormal holatlardan himoya qiladigan “EKRA” tipidagi mikroprotsessorli himoya shkaflari hamda “Neva” va “Bresler” tipidagi favqulodda hodisalarni qayd etish moslamalari 500/220/10 kVli “Oʻzbekiston”, 500/220/10 kVli “Lochin”, 500/220/10 kVli “Qorakoʻl” va 500/220/10 kV “Sugʻdiyona” podstansiyalarida keng foydalaniladigan boʻldi. Shu bilan birga, 110–220 kVli havo liniyalarida “IS Bresler” rusumli mikroprotsessorlar asosida himoya terminallari 220/110/10 kVli “Ishtixon”, 220/110 kV “Samarqand” va 220/110/35 kVli “Kattaqoʻrgʻon” podstansiyalarida samarali ishga tushirildi
... va bularning bari elektr energetika sohasiga kirib kelayotgan raqamli texnologiyalarning dastlabki shakllari edi.

Hozirgi vaqtda energetika inshootlarini qurish va modernizatsiya qilish boʻyicha loyihalar tarkibiga mikroprotsessorlar asosida himoya terminallari, avariyaviy himoya tizimi, shu bilan birga, raqamli axborot almanishuviga asoslangan favqulodda vaziyatlarni qayd etish moslamalari kiradi.

Bu, avvalo, xavfsizlik choralari, soʻngra foydali ish unumdorligi va bugungi kun — zamon talabi!

Xullas, ayni paytda Jamiyatda anchayin takomillashgan “Retom-21”, “Retom-VCH”, “Retom-61” va “Omicron-SMS-356” rusumli mikroprotsessorli qurilmalar xarid qilinib, rele himoyasi va avtomatika tizimida samarali foydalanilmoqda.

Shu oʻrinda bir narsani alohida taʼkidlash lozimki, “Oʻzbekiston MET” AJ mutaxassis xodimlari oʻz malakalarini oshirgan holda elektr taʼminotida muhim ahamiyat kasb etadigan rele himoyasi va avtomatika tizimini raqamli texnologiyalarning soʻnggi avlodi bilan boyitib borish ustida bir qancha yutuqlarga erishgan.

Yagona texnologik aloqa tarmogʻi

Raqamli texnologiyalar haqida soʻz borganda albatta aloqa vositalari va elektrqurilma va jihozlariga markazlashtirilgan holda xizmat koʻrsatish tizimi ham nazarda tutiladi. Shu maqsadda “Oʻzbekiston MET” AJ tarkibidagi “Energo-IT” filiali mutaxassislari tomonidan Elektr energetikada yagona texnologik aloqa tarmogʻi (EEYATAT) joriy etilgan. Bu elektr energetikasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va isteʼmol qilishning geografik taqsimlangan xususiyatini hisobga olgan elektron dasturlarning eng muhim tarkibiy qismlardan biridir. Oddiy soʻz bilan ifodalaganda, bu umumiy texnik va texnologik tuzilma boʻlib, tashkiliy tamoyillar bilan birlashtirilgan vositalar, tugunlar va aloqa tarmoqlari majmui hisoblanadi.

Sohadagi yagona texnologik aloqa tarmogʻi elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlashdagi texnologik jarayonlarni, tezkor dispetcherlik nazorati va elektr energetikasining ishlab chiqarish faoliyatini nazorat qilishni taʼminlashga moʻljallangan. Mazkur aloqa tizimi orqali elektr tarmoqlari kompleksining kuzatuvchanligini yaxshilash va natijada operativ dispetcherlik va texnologik boshqaruv darajasini oshirish uchun («obyekt–dispetcherlik markazi» tamoyilida) xizmat koʻrsatadigan yoʻnalish hisoblanadi.

Bir soʻz bilan aytganda, ushbu tizim elektr tarmoqlarini raqamlashtirishdek strategik vazifalarni bajarishda asosiy yordamchidir.

“Oʻzbekiston MET” AJ da joriy etilgan Yagona texnologik aloqa tarmogʻi tarkibiga quyidagilar kiradi:

1. Elektr tarmoqlari orqali yuqori chastotali aloqa liniyalarining uskunalar – 460 dona;
2. Misli kabel tarmoqlari – 357 km;
3. Yashin urishidan (chaqmoqdan) himoya qiluvchi optik tolali simlar – 1702 km, uskunalari – 149 dona;
4. Radiorele liniyalari – 806,5 km, uskunalari – 48 dona;
5. Tarmoq aloqasi uchun radiostansiya tugunlari – 243 ta;
6. Ishlab chiqarish avtomatik telefon stansiyasi uskunalari va dispetcherlik aloqa vositalari – 114 dona;
7. Telemexanika tizimlari uskunalari – 138 dona;
8. Uzluksiz elektr taʼminoti uskunalari – 68 dona.

Xulosa oʻrnida aytadigan boʻlsak, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi 4699-sonli qaroriga asosan “Oʻzbekiston MET” AJda raqamlashtirish boʻyicha bir nechta loyihalar amalga oshirilmoqda. Maqsad esa aniq — Aksiyadorlik jamiyatining moliyaviy-iqtisodiy faoliyat tizimi samaradorligini oshirish, korporativ boshqaruvni optimallashtirish maqsadida ishlab chiqarish va boshqarish jarayonlarini avtomatlashtirish tizimi — ERP dasturini, shu bilan birga, yuqorida taʼkidlanganidek, dispetcherlik boshqaruvi va maʼlumotlarni yigʻish dasturiy-apparat kompleksi — SCADA dasturini joriy qilish shular jumlasidan.

Bir soʻz bilan aytganda, sohada raqamli iqtisodiyot unsurlarini amaliyotga tatbiq etish — tejamkor, samarador va tezkor ish tamoyillari asosida Vatanimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi yoʻlida amalga oshirilayotgan ishlar majmuidir.

Mazkur maʼlumotnoma tayyorlanishida “Oʻzbekiston MET” AJ Milliy dispetcherlik markazi — Tizim xizmatlari boʻyicha bosh boshqarma boshligʻi A.Mirzayev, “Energo-IT” filiali direktori Z.Sagdiyev, Elektr energiyasi texnologik sarflarini tahlil qilish boʻlimi boshligʻi S.Eshonqulov va Markaziy rele himoya va elektr avtomatikasi xizmati boshligʻi M.Lukmanovlar taqdim etgan maʼlumotlardan foydalanildi.

“Oʻzbekiston MET” AJ Axborot xizmati

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O’zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati: samarali foydalanib kelinayotgan raqamli texnologiyalar va ularning istiqboldagi rejalari