Oʻzbekiston Eksportchilar uyushmasi hamda Hindiston importchilar Savdo-sanoat palatalari hamkorligida biznes-forum tashkil etildi.

“Oʻzbekiston – Hindiston tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida ikki tomonlama savdoni shakllantirish” deb nomlangan tadbirning ochilish marosimida mamlakatimizning Hindiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Dilshod Ahatov, Oʻzbekiston eksportchilar uyushmasi raisi Muxtor Umarov, Hindiston importchilar Savdo sanoat palatalari prezidenti Atul Kumar Saksena, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi masʼul xodimlari, uyushmaning xorijiy davlatlardagi biznes vakillari shuningdek, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etdi.

D.Ahatov Hindiston va Oʻzbekiston ishbilarmon doiralarining birgalikdagi saʼy-harakatlari tufayli mahsulot ayirboshlash hajmi sezilarli darajada ortib borayotganini qayd etdi. Xususan, oʻzaro savdo 2019-yil 24 foizga oʻsib, 355,4 million dollarga yetdi. Ushbu koʻrsatkichni yana-da oshirish uchun respublikamiz kompaniyalari Hindiston bozoriga koʻplab turdagi, jumladan kimyoviy modda va oʻgʻit, paxta tolasi va mato, xom ipak, mis va boshqa qayta ishlanmagan mahsulotlar, qora metall, elektr texnikasi, kabel va sim, charm buyumlar, sabzavot va meva yetkazib berish uchun keng imkoniyatga ega ekani taʼkidlandi.

Janob Saksena onlayn-ekspozitsiya tashabbusi uchun tashkilotchilarga minnatdorlik bildirib, Oʻzbekiston Hindistonning doimiy ishonchli hamkori ekanini eʼtirof etdi.

Mazkur biznes-forum ikki davlat tadbirkorlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, xususan, savdo uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratish maqsadini koʻzlaydi. Tadbirda oʻzaro iqtisodiy aloqalarni faollashtirish, hamkorlik koʻlamini yana-da kengaytirish yuzasidan galdagi vazifalar belgilab olindi.

Xorijlik hamkorlarga Oʻzbekiston eksportchilar uyushmasi faoliyati, jumladan, tuzilma qoshida ochilgan Biznesni qoʻllab-quvvatlash markazi, B2B onlayn elektron platforma haqida maʼlumot berildi. Hindistonlik eksportyor va importyorlar mazkur platformaga taklif qilindi.

- Uyushmamiz Oʻzbekistonlik eksportchilarni xorijiy davlatlar importchilari bilan doimiy muloqotini taʼminlaydi, - deydi M.Umarov. – Bugungi anjumandan koʻzlangan maqsad oʻzbek va hind tadbirkorlari oʻrtasidagi munosabatlarni rivojlantirishdan iborat. Oʻzbek eksportchilari oʻz mahsulotlarini Hindiston, Bangladesh va Vyetnamdagi sheriklariga onlayn tarzda taqdim etish imkoniga ega boʻlishyapti. Shu bilan birga forum yakunida ishtirokchilar tashkilotchilar orqali tegishli zarur maʼlumotlarni oʻzaro almashib olishadi. Oʻzbekiston – Hindiston tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida onlayn-koʻrgazma ilk bor oʻtkazilmoqda. Bunda mamlakatimiz biznes vakillari oʻz tovarlari toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berib, bir yoʻla shartnoma imzolashlari ham mumkin.

Onlayn biznes-forumning birinchi kunida Hindiston, Bangladesh va Vyetnam davlatlaridan 600 ga yaqin tadbirkor Oʻzbekistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga qiziqish bildirishdi. 40 dan ziyod tadbirkorimiz oʻz mahsulotini namoyish etdi.

Kecha boshlangan mazkur savdo koʻrgazmasi 30-oktyabrgacha davom etadi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻzbekiston - Hindiston tadbirkorlari hamkorligi yoʻlida muhim qadam
Жамият
12:59 / 27:10:2020