Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federativ Respublikasi Federal kansleri Angela Merkelning taklifiga binoan 2019 yil 20 yanvar kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga keldi.

21 yanvar kuni Berlin shahridagi Belvyu saroyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi boʻldi. Shavkat Mirziyoyevni Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer kutib oldi.

Davlatimiz rahbari faxriy mehmonlar kitobiga imzo qoʻydi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Oʻzbekiston va Germaniya davlat madhiyalari yangradi. Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan oʻtdi.

Uchrashuvda Prezidentlar Oʻzbekiston bilan Germaniya oʻrtasidagi siyosiy muloqotni yanada mustahkamlash, oʻzaro manfaatli sohalardagi aloqalarni ikki va koʻp tomonlama asosda rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Tomonlar bundan buyon ham Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti kabi nufuzli xalqaro tuzilmalar doirasida bir-birini qoʻllab-quvvatlashda davom etajagini bildirdi.

Prezidentlar Germaniya tashabbusi bilan ishlab chiqilayotgan, Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha yangi strategiyasi asosida munosabatlarni mustahkamlash muhimligini qayd etdi.

rasmiy_7246.jpg

Bugungi kundagi xavf va tahdidlar, birinchi navbatda, terrorizm, ekstremizm va radikalizmga qarshi kurashishda yanada yaqin hamkorlik qilishga kelishib olindi. Afgʻonistonda tinchlik jarayonini tezroq boshlash boʻyicha yondashuvlar bir xil ekani tasdiqlandi.

Oʻzbekiston iqtisodiyoti tubdan modernizatsiya qilinayotgan hozirgi jarayonda Germaniyaning ilgʻor tajribasi va texnologiyalarini jalb etish muhim ahamiyatga ega ekani taʼkidlandi.

Madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalar ham muhokama qilindi. Maktab taʼlimida samarali nemis texnologiyalaridan foydalanish, jumladan, “Maktablar: kelajak sheriklari” (PASCH) tashabbusini amalga oshirish, Oʻzbekistonda Germaniyaning yetakchi oliy taʼlim muassasalari filiallarini ochish, xalqlarimiz oʻrtasida madaniy aloqalarni kengaytirish istiqbollari eʼtibor markazida boʻldi.

Uchrashuv soʻnggida Germaniya Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer joriy yilning may oyida Oʻzbekistonga tashrif bilan borishini yana bir bor tasdiqladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Germaniya Federal kansleri Angela Merkelning muzokaralari oldidan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing oʻtkazildi.

Angela Merkel Oʻzbekiston Prezidentining tashrifi uzoq tanaffusdan keyingi muhim voqea ekani, ikki tomonlama hamkorlik rivojiga katta turtki berishini taʼkidladi.

– Biz Oʻzbekistonning ishonchli sherigi boʻlishni xohlaymiz. Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi aloqalarni kengaytirish uchun koʻplab imkoniyatlar borligini koʻrmoqdamiz, – dedi Germaniya kansleri.

Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston delegatsiyasiga koʻrsatilayotgan yuksak hurmat uchun chuqur minnatdorlik bildirib, nemis xalqini joriy yil may oyida nishonlanadigan Germaniya Federativ Respublikasi tashkil etilganining 70 yilligi bilan tabrikladi.

Soʻnggi yillarda aloqalar jadal rivojlanib, yangi mazmun bilan boyib borayotgani, siyosiy muloqotlar faollashayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Germaniya Oʻzbekistonning ishonchli va istiqbolli sherigi ekanini, oʻzaro hamkorlikni sifat jihatidan yangi, yanada yuqori bosqichga olib chiqishga intilishini alohida taʼkidladi.

Tomonlar Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasida yanada yaqindan hamkorlik qilishdan manfaatdor ekani qayd etildi. Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha yangi strategiyasi asosida Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo yoʻnalishida hamda Germaniya – Markaziy Osiyo formatida munosabatlarni mustahkamlashda davom etishlarini taʼkidladi.

Boʻlajak uchrashuvda zamonaviy tahdid va xatarlar, avvalo, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha hamkorlikni kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratilishi aytib oʻtildi. Afgʻonistonda tinchlik jarayonini tez fursatda boshlash ham kun tartibidagi muhim masalalardan ekani qayd etildi.

Oʻzbekiston inson huquqlari va erkinliklari sohasida konstruktiv muloqot, shuningdek, davlat boshqaruvi tizimining shaffofligiga hamda korrupsiyaga toʻliq barham berilishiga erishish maqsadida hamkorlik uchun ochiq ekani taʼkidlandi.

Tomonlar investitsiya va texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekanini bildirdi. Oʻzbekiston Prezidenti tashrifi arafasida oʻtkazilgan biznes-forumda 8 milliard yevrodan ziyod qiymatdagi yangi loyihalarni amalga oshirish boʻyicha kelishuvlarga erishilgani, boshqa bitimlar boʻyicha ishlar davom etayotgani maʼlum qilindi.

Shuningdek, nemis tili chuqurlashtirilgan holda oʻqitiladigan maktablar tarmogʻini kengaytirish, Germaniyaning yetakchi oliy taʼlim muassasalari bilan aloqalarni rivojlantirish borasidagi hamkorlik uchun ulkan salohiyat mavjudligi taʼkidlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilanGermaniya Federal kansleri Angela Merkelning uchrashuvida asosiy eʼtibor savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va texnologik hamkorlikni rivojlantirish masalalariga qaratildi.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik asosiy masalalar boʻyicha pozitsiyalar oʻxshash va yaqinligi qayd etildi. Samarali muloqotni ikki va koʻp tomonlama shaklda, jumladan, nufuzli xalqaro tuzilmalar doirasida izchil davom ettirishga intilish mushtarak ekani tasdiqlandi.

Germaniya kansleri Oʻzbekiston Prezidenti rahbarligida iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va jamiyatni yanada demokratlashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi. Oʻzbekistonning Markaziy Osiyoda doʻstlik va oʻzaro ishonch muhitini yaratish, koʻp yillik bahsli masalalarni tinchlik yoʻli bilan hal etish va mintaqani global iqtisodiyotga integratsiya qilish boʻyicha yangi mintaqaviy siyosatini olqishladi.

Tomonlar inson huquqlarini himoya qilish, atrof-muhitni muhofaza etish masalalarini ham koʻrib chiqdi. Davlatimiz rahbari Germaniya hukumatiga Orol fojiasi oqibatlarini bartaraf etishdagi koʻmagi uchun minnatdorlik bildirib, Berlinni Orolboʻyi uchun koʻp sheriklik asosidagi Trast fondi faoliyatida faol ishtirok etishga chaqirdi.

Muloqotda xavfsizlik sohasidagi hamkorlik masalasiga, jumladan, Afgʻoniston muammosini hisobga olgan holda eʼtibor qaratildi. Bu masalani barcha tomonlar ishtirokida, afgʻonlar rahbarligida tinch yoʻl bilan hal etish zarurligi alohida qayd etildi.

Germaniya Oʻzbekistonning texnologiya va investitsiyalar sohasidagi asosiy sheriklaridan biridir. Mamlakatlarimiz oʻrtasida savdo sohasida eng koʻp qulaylik yaratish tizimi joriy etilgan. Oʻtgan yili tovar ayirboshlash hajmi 700 million yevrodan oshgan.

Muzokarada bu koʻrsatkichni 1 milliardevroga yetkazish uchun barcha imkoniyatlar borligi taʼkidlanib, bu boradagi istiqbolli yoʻnalishlar muhokama qilindi.

Oʻzbekistonda germaniyalik investorlar ishtirokida 132 ta firma va kompaniya faoliyat yuritmoqda. Shundan 33 tasi yuz foiz nemis kapitali asosida tuzilgan, 31 tasi yurtimizda oʻz vakolatxonasini ochgan. Oʻzbekiston milliy banki Germaniyaning 57 ta banki bilan aloqa oʻrnatgan. Toshkentda “Doyche-bank” boʻlimi tashkil etilgan.

Mamlakatimizda dunyoga mashhur nemis kompaniyalari bilan amalga oshirilgan yirik loyihalar muvaffaqiyati oʻzaro manfaatli investitsiyaviy hamkorlikka misol boʻla oladi. “MAN” konserni bilan sheriklikda zamonaviy yuk avtomobillari, “Claas” va “Lemken” kompaniyalari bilan qishloq xoʻjaligi texnikalari, “Knauf” bilan qurilish materiallari, “Deutsche Kabel” bilan kabel-oʻtkazgich mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Germaniyalik mutaxassislar ishtirokida “Qarshi – Termiz” temir yoʻli elektrlashtirilmoqda.

Oʻzbekiston – Germaniya ishbilarmonlar kengashi oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish va toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar oqimini koʻpaytirish boʻyicha izchil ish olib bormoqda. Moliyaviy-texnikaviy hamkorlik borasida maslahatlashuvlar, savdo va investitsiyalar, qishloq xoʻjaligi boʻyicha hukumatlararo ishchi guruhlar majlislari oʻtkazilmoqda.

Uchrashuvda savdo, sanoat, gaz-kimyo, qurilish sohalarida oʻzaro manfaatli qoʻshma loyihalarni amalga oshirish, moliyaviy-texnik koʻmak va tajriba almashishni kengaytirishga kelishib olindi.

Tashrif doirasida kimyo, qurilish, energetika, metallurgiya va oziq-ovqat sohalari yetakchilari – “Siemens”, “Tyssen Krupp”, “Claas”, “MAN”, “Knauf”, “Linde”, “Papenburg”, “Humana”, “Volkswagen” kabi xalqaro miqyosdagi nemis konsernlari bilan sheriklikda yangi koʻp milliardlik loyihalarni amalga oshirish boʻyicha kelishuvga erishilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Ilm-fan, taʼlim sohalarida hamkorlikni rivojlantirish, madaniy aloqalar va turistlar almashuvini kengaytirish muhimligi qayd etildi.

Oʻzbekistonda 8 mingdan ziyod nemis millatiga mansub yurtdoshlarimiz yashamoqda. Madaniyati va anʼanalarini saqlab, rivojlantirishi uchun barcha sharoit yaratilgan. 400 mingdan ortiq oʻquvchi nemis tilini oʻrganmoqda. Yaqinda Toshkent, Samarqand va Buxorodagi maktablarga buyuk nemis olim va yozuvchilari nomlari berildi.

Toshkentdagi Gyote instituti, Konrad Adenauer va Fridrix Ebert nomidagi jamgʻarmalar, Germaniya akademik almashinuvlar xizmati (DAAD) vakolatxonalari va boshqa tashkilotlar xalqlarimiz oʻrtasidagi madaniy-maʼrifiy aloqalarni rivojlantirishga hissa qoʻshmoqda. Poytaxtimiz va bir necha viloyatlarda boʻlimlari boʻlgan “Vidergeburt” nemis madaniyat markazi, “Oʻzbekiston – Germaniya” doʻstlik jamiyati faoliyat yuritmoqda.

Oʻzbekistonda Germaniya fuqarolari uchun 30 kungacha vizasiz rejim joriy etilgani muhim voqea boʻldi. Bu mamlakatimizni koʻrishga qiziqadigan turistlar, biznesini yoʻlga qoʻyadigan investorlar va boshqalarga katta qulaylik yaratdi.

Tashrif doirasida iqtisodiyot, savdo, moliya, taʼlim, ilm-fan va innovatsiya sohalariga oid hukumatlararo va idoralararo 9 ta hujjat imzolandi. Tomonlar mamlakatlarimiz va xalqlarimiz manfaati yoʻlida oʻzaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga intilishini bildirdilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federativ Respublikasi Bundestagi Raisi Volfgang Shoyble bilan ham uchrashdi.

Bundestag Germaniyaning bir palatali parlamenti boʻlib, qonunlar qabul qilishdan tashqari Federal kanslerni saylash hamda hukumat faoliyatini nazorat qilish kabi muhim funksiyalarni ham bajaradi.

Oʻzbekiston va Germaniya parlamentlari oʻrtasida yaxshi aloqalar yoʻlgan qoʻyilgan. Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Bundestag bilan hamkorlik boʻyicha“Oʻzbekiston – Germaniya” guruhi, Bundestagda esa “Germaniya Federativ Respublikasi – Markaziy Osiyo” guruhi tashkil etilgan.

Davlatimiz rahbari Oʻzbekiston bilan Germaniya oʻrtasidagi hamkorlikni huquqiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, xalqlarimiz manfaatini taʼminlashda parlamentlar muhim oʻrin tutishini taʼkidladi.

Bundestag Raisi mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish borasida roʻy berayotgan oʻzgarishlarni yuqori baholadi.

Muloqotda qonun ustuvorligini taʼminlash, parlament nazorati, ijtimoiy va iqtisodiy islohotlar samaradorligini oshirish boʻyicha tajriba almashish masalalari muhokama qilindi. Tashrif doirasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va boshqa sohalarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish boʻyicha qabul qilinadigan “yoʻl xaritasi”ga asosan parlamentlararo hamkorlik qilish muhimligi taʼkidlandi.

Oʻzbekiston Prezidentining Germaniyaga rasmiy tashrifi barcha darajadagi, jumladan, parlamentlar oʻrtasidagi aloqalarning yangi yoʻnalishlarini belgilab bergani qayd etildi.

Davlatimiz rahbari Bundestag binosini koʻzdan kechirdi. Mamlakatimiz delegatsiyasiga Bundestag tarixi va faoliyati haqida soʻzlab berildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev shu kunning oʻzida Myunxen shahriga tashrif buyurdi. Oʻzbekiston delegatsiyasi uchun ajratilgan qarorgoh yonida Bavariyada oʻqiyotgan, ishlayotgan oʻzbekistonlik yoshlar bilan muloqot qildi.

22 yanvar kuni Bavariya Bosh vaziri Markus Zyoder, Germaniyaning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashuvlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Germaniyaga rasmiy tashrifi davom etmoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻzbekiston – Germaniya: yangi mazmun kasb etgan hamkorlikni mustahkamlash yoʻlida