Aniq loyihalarni amalga oshirishda YUNIDO va Oʻzbekiston oʻrtasida yuqori darajadagi hamkorlik mamnuniyat bilan qayd etildi.

Mamlakatimizning Avstriyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Abat Fayzullayev Birlashgan Millatlar Tashkilotining Sanoatni rivojlantirish tashkiloti (YUNIDO) Bosh direktori Li Yongga Oʻzbekistonning YUNIDO huzuridagi doimiy vakili sifatida ishonch yorliqlarini topshirdi. 

Bu haqda mamlakatimiz Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati maʼlum qildi.

Suhbat davomida Bosh direktor Oʻzbekiston va YUNIDO oʻrtasidagi soʻnggi yillarda jadal rivojlanib borayotgan munosabatlarni yuqori baholadi.

Li Yong soʻnggi paytlarda Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar YUNIDO bilan hamkorlikni mustahkamlash uchun keng yoʻl ochayotgani va Oʻzbekiston ehtiyojlariga javob beradigan turli xil loyihalarni, shu jumladan, mustahkam infratuzilma yaratishni hamda umumiy va barqaror sanoatlashtirishni ilgari surishga keng imkon berayotganini taʼkidladi.

Qayd etilganidek, soʻnggi yillarda mazkur xalqaro tuzilma barqaror tadbirkorlikni rivojlantirish, eksportga yoʻnaltirilgan savdo, ekologik toza mahsulot ishlab chiqarish, inkubator korxonalarini qurish va boshqa sohalarda mintaqada va mamlakatimizda turli loyihalarni amalga oshirish orqali oʻz faoliyatini kengaytirmoqda.

Tomonlar, shuningdek, Oʻzbekiston va YUNIDO oʻrtasidagi hamkorlikni yana-da mustahkamlash toʻgʻrisidagi Qoʻshma deklaratsiya va shu asosda harakatlar rejasi loyihalarini tayyorlash jarayonidan mamnun ekanligini maʼlum qildilar.

Ushbu hujjat imzolanishi yaqin kelajakdagi aloqalarning aniq yoʻnalishlarini belgilab berishi va ikki tomonlama hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarishi taʼkidlandi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻzbekiston elchisi YUNIDO Bosh direktoriga ishonch yorliqlarini topshirdi
Жамият
17:45 / 27:10:2020