O‘zbekiston ilm-fan tarixida ilk bor qo‘ylar muzlatilgan urug‘lar yordamida sun’iy urug‘lantirilmoqda.

O‘tgan asrning 80-yillarida respublikamizda 200 mingdan ziyod go‘shtdor-serjun qo‘ylar bo‘lib, ayni paytda ularning soni keskin kamaygan. 

Shuningdek, go‘shtdor-serjun qo‘ylarning mahsuldorligi ham pasaygan. Bu esa o‘z navbatida, ushbu turdagi qo‘ylarning genofondini yaxshilash, bu borada dunyoning yetakchi ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda ilg‘or tajriba va tadqiqotlarni amaliyotga tatbiq etishni taqozo etadi.

Bu borada Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti Ohangaron bo‘limi Rossiyaning Butunrossiya qo‘ychilik va echkilik ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlik qilib kelmoqda. 

Hamkorlik doirasida ohangaronlik chorvadorlar mazkur institut faoliyati bilan tanishib, jahon genofondiga xos Shimoliy Kavkaz naslli qo‘chqorlarining muzlatilgan urug‘lari olib kelindi.
– O‘zbekiston ilm-fan tarixida ilk bor qo‘ylar Shimoliy Kavkaz naslli qo‘chqorlarining muzlatilgan urug‘lari yordamida sun’iy urug‘lantirilmoqda, – deydi Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti Ohangaron bo‘limi boshlig‘i, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori Nuriddin Ro‘ziboev. – Ushbu tajriba Ohangaron tumanidagi “Xolto‘raev Oybek XM” fermer xo‘jaligida amalga oshirilmoqda. Rossiyalik hamkasblarimiz bilan hamkorlikda kelasi yildan boshlab o‘zimizning sharoitda naslli qo‘chqorlar urug‘ini olish, muzlatish va saqlashni yo‘lga qo‘yamiz.

Mutaxassislarning fikricha, chorva, xususan qo‘ylarni naslli qo‘chqorlar urug‘i bilan sun’iy urug‘lantirish qo‘ylarning genofondini yaxshilab, mahsuldorlikni oshiradi. Jumladan, qo‘ylarning vazni o‘rtacha 50-55 dan 60-65 gacha va hatto 80 kilogrammgacha, qo‘chqorlarning vazni esa 80-90 dan 120-130 kilogrammgacha yetishi mumkin. Shuningdek, jun olish bo‘yicha ham samaradorlik sezilarli ortadi.

Tadbir ishtirokchilari “Xolto‘raev Oybek XM” fermer xo‘jaligining qo‘ychilik faoliyati, u yerda qo‘ylarni sun’iy urug‘lantirish jarayoni bilan tanishdi. Ayni paytda mazkur xo‘jalikda 120 yilqi, 300 bosh go‘shtdor-serjun, 1 ming 200 jaydari qo‘y, 200 echki, shuningdek, 200 dan ortiq qoramol va parranda boqilmoqda.

BMT taraqqiyot dasturining Global ekologik jamg‘armasi bilan hamkorlikda “O‘zbekistonning yuqori tog‘ ekotizimlari tabiiy resurslari va bioxilma-xilligini saqlash hamda barqaror foydalanishni oshirish” loyihasi doirasida xo‘jalikning 2 gektar maydonida ko‘p yillik ozuqabop ekinlar urug‘chiligi tashkil etilgan. Seminar ishtirokchilari mazkur loyiha yuzasidan amalga oshirilgan ishlar, uning afzallik tomonlari bilan tanishdi.

– O‘zbekiston, xususan Ohangaron sharoitida yozga borib tog‘lardagi o‘tlar qurib qolishi va bu holat chorvadorlardan yem-xashak uchun qo‘shimcha xarajat talab etishini kuzatish mumkin, – deydi BMTning yaylovlar bo‘yicha maslahatchisi Tolib Muqimov. – Loyiha doirasida bahorda ushbu xo‘jalikning 2 gektar maydoniga shuvoq, olabo‘ta, teresken, izen kabi 6 xil o‘simlik urug‘ini ekdik. 
Hozir ushbu urug‘lar unib chiqib, hosilga kirgan. Bu loyihaning ahamiyatli tomoni shundaki, biz ekayotgan 6 xil o‘simlik yilning har qanday ob-havo sharoitida o‘saveradi. Tabiiy yaylovlarda yog‘ingarchilik yaxshi bo‘lgan yillarda 3 sentnergacha hosildorlik kuzatilsa, bunday yaylovlardan 20 sentnergacha hosil olish mumkin. Yana bir muhim jihati, bu yaylovdan 25 yilgacha foydalanish mumkin. Gektaridan 120 kilogrammgacha urug‘ olish imkoni esa bir gektardan olingan urug‘ bilan 10 gektar yaylov tashkil etish orqali bunday yaylovlarni kengaytirish, pirovardida xo‘jaliklarning yem-xashak bazasini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Toshkent viloyati Ohangaron tumanida “Tog‘ va tog‘oldi yaylov chorvachilik ilmi va amaliyotining dolzarb vazifalari” mavzusida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy seminarda shu haqda ma’lum qilindi.

Seminar ishtirokchilari shuningdek, “Qizil Bour” fermer xo‘jaligining naslli qo‘chqorlarni yetishtirish faoliyati, BMT taraqqiyot dasturining Global ekologik jamg‘armasi bilan hamkorlikda hududda tashkil etilgan “Mo‘minobod chorva” ishlab chiqarish kooperativi faoliyati bilan ham tanishdi.

Voha chorvadorlari soha olimlari, yetuk mutaxassislaridan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston chorvachiligi ilm-fanida yangilik!
Жамият
10:11 / 24:09:2019