O‘zbekiston chempionati yakunlandi
Poytaxtimizda badminton bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yakunlandi. Unda yuzdan ziyod sportchi jamoaviy, yakkalik, juftlik va aralash juftlik o‘yinlarida bahslashdi.
Poytaxtimizda badminton bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yakunlandi. Unda yuzdan ziyod sportchi jamoaviy, yakkalik, juftlik va aralash juftlik o‘yinlarida bahslashdi.Yakkaliklar o‘rtasidagi musobaqada Artem Savatyugin g‘olib bo‘ldi. U Amrullo Baxshullayev bilan hamkorlikda juftliklar bahsida ham oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Xotin-qizlar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida Surayyo Ahmadjonova, juftliklar o‘rtasida Mohinur G‘afurova va Dilrabo Ahmedova birinchi o‘rinni egalladi.
Aralash juftlik bahslarida Amrullo Baxshullayev va Anait Xurshudiyan shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.