Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan 21-oktyabr - Oʻzbek tili bayrami kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

Sudyalar oliy kengashi raisi X.Yodgorov tadbir ishtirokchilarini bayram bilan tabriklab, Davlatimiz rahbarining 2019-yil 21-oktyabrdagi “Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonining tilimizni har tomonlama ravnaq toptirishdagi tarixiy ahamiyati haqida alohida taʼkidlab oʻtdi.

Tadbirda adabiyotshunos olim Adhambek Alimbekov, adib Muhammad Ali, Oliy Majlis deputati Safar Ostonov oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

Huquqshunosning asosiy qurollaridan biri til ekanligi bois, oʻzbek tilining sud-huquq sohasidagi tutgan oʻrnini yana-da chuqur oʻrganish va tahlil qilish soha mutaxassislarining eʼtiboriga molik masala hisoblanadi.

Darhaqiqat, yetuk sudyaning rasmiy hujjatlarni davlat tilida bexato tuza olishi, ish jarayonida oʻz nuqtayi nazarini ravon ifodalay bilishi adolatni qaror toptirishda muhim omil boʻlib xizmat qiladi.

Oʻz navbatida, sud-huquq sohasi mutaxassislari ichida oʻzbek tili va adabiyotiga oshno boʻlgan, nasrda yoki nazmda qalam tebratayotgan, tilimiz taraqqiyotiga baholi qudrat oʻz hissasini qoʻshib kelayotgan insonlar talaygina.

Zero, tilimizning bebaho imkoniyatlaridan toʻla-toʻkis foydalanish va jamiyatdagi nufuzini oshirishga barcha soha vakillari daxldordir.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻzbek tilining nufuzini oshirishga barcha soha vakillari daxldor
Жамият
23:04 / 20:10:2020