Milliy matbuot markazida Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi tomonidan “Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini oshirishda OAVning masʼuliyati” mavzuida davra suhbati oʻtkazildi.

Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi oʻrinbosari Xolmurod Salimov, bloger Shahnoza Toʻraxoʻjayeva va boshqalar ona tilimizning sofligini saqlash, uni rivojlantirish borasida mulohazalarini bildirdi.

–Bugun OAVlarda til masalasida ahvol aʼlo darajada deyolmaymiz, – deydi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi boʻlim mudiri Maʼmurjon Parpiyev.- Elektron saytlar, vaqtli matbuotda koʻplab imloviy, uslubiy xatolar ketmoqda. Televideniyeda esa hamon shevada gapirish davom etyapti. Tuman va shahar gazetalarida esa gohida hatto sarlavhaning oʻzi xato bilan boshlanadi. Jurnalist ortidan xalq ergashayotgan ekan, tilimizning sofligi uchun kurashishimiz kerak.

Tadbirda, shuningdek, Oʻzbek tili bayrami kuni munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevning xalqimizga yoʻllagan bayram tabrigi hamda “Mamlakatimizda oʻzbek tilini yana-da rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident farmonida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda oʻzbek tilini zamon talablari asosida rivojlantirish, uning davlat tili sifatidagi oʻrni va nufuzini yana-da mustahkamlashda ommaviy axborot vositalari masʼuliyatini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

OAV hamda internet nashrlarida oʻz chiqishlari bilan faollik koʻrsatayotgan jurnalist va blogerlarga yangi nashrdan chiqqan “Oʻzbek tilining izohli lugʻati” kitobi berildi.

2.jpg

4.jpg

7.jpg

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻzbek tilining nufuzi va mavqeini oshirishda OAVning masʼuliyati
Жамият
16:24 / 27:10:2020