Oʻzbek tili faxrimiz
“Uzbekistan Airports” aksiyadorlik jamiyatida “Qadring baland boʻlsin, ona tilim” shiori ostida “Oʻzbek tili - faxrimiz” mavzusida anjuman tashkil etildi.
21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
“Uzbekistan Airports” aksiyadorlik jamiyatida “Qadring baland boʻlsin, ona tilim” shiori ostida “Oʻzbek tili - faxrimiz” mavzusida anjuman tashkil etildi.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti, Transport vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi mutasaddilari ishtirok etdi.
Taʼkidlanishicha, “Uzbekistan Airports” AJ rasman oʻz faoliyatini boshlaganiga hali koʻp boʻlmagan boʻlmasada, davlat tilida ish yuritish toʻla yoʻlga qoʻyildi. Tizim maʼmuriyati binolari, barcha aeroportlardagi yozuvlar avvalo oʻzbek tili, soʻng boshqa ehtiyoj boʻlgan tillardagi yozuvlarga almashtirildi.
Transport shaharlarni, davlatlarni, umuman qitʼalarni bir-biri bilan bogʻlaydi. Hech bir davlatning taraqqiyotini transport sohasisiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Vatanimiz ostonasi hisoblangan xalqaro aeroportlarimizning yurtimiz rivojida tutgan oʻrni salmoqlidir. Darvozamizdan kirib kelgan mehmonning davlatimiz haqidagi ilk tasavvuri ham aynan shu yerda paydo boʻladi.
Til yashasa, millat yashaydi. Milliy oʻzlikni aks ettirgan ona tili va Oʻzbekistonning dunyoga tanilishida havo darvozalari, yaʼni aeroportlar munosib koʻprik vazifasini bajarishi bosh maqsad etib belgilangan.
Tadbir doirasida “Uzbekistan Airports” AJ ning faol xodimlari ragʻbatlantirildi. Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston davlat musiqali teatri aktyorlari ijrosida “Navoiy Astrabodda” spektaklidan parcha namoyish etildi.