Oʻzbek shoirasining kitobi Ozarbayjonda chop etildi
«Kitob dunyosi“ gazetasi bosh muharriri Xosiyat Rustamovaning ”Ismi Lala edi u qizning" deb nomlangan kitobi Ozarbayjonda nashrdan chiqdi.
«Kitob dunyosi“ gazetasi bosh muharriri Xosiyat Rustamovaning ”Ismi Lala edi u qizning" deb nomlangan kitobi Ozarbayjonda nashrdan chiqdi.
Kitob shoir va publitsist Akbar Qoʻshali va Intiqom Yashar muharrirligida ozarbayjon, oʻzbek va turk tillarida nashr etildi.
Ushbu kitob Ozarbayjon Madaniyat parlamenti qoʻmitasining raisi, deputat Ganira Pashayeva va Xalqaro turk yosh yozuvchilari ittifoqi tashabbusi bilan nashrga tayyorlangan.
Oʻzbekiston va Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmalarining aʼzosi Xosiyat Rustamovaning sheʼriy kitoblari dunyoning bir necha mamlakatlarida turli tillarda chop etilgan.