Oʻzbek noni haqida kitob nashr etiladi
Mashhur va mazali oʻzbek nonlari haqida taniqli oshpaz Bahriddin Chustiy kitob yozib, nashrga tayyorladi.
Oʻzbek dasturxonini tandirdan yangi uzilgan nonsiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Non ham palov singari xalqimizning nomoddiy madaniy merosi hisoblanadi, zero uning ham oʻziga xos tarixi bor. Oʻzbekistonga tashrif buyuruvchi sayyohlar ham doim oʻzbek noni taʼmiga yuqori baho berib, hatto oʻzlari bilan birga olib ketadi.
Mashhur va mazali oʻzbek nonlari haqida taniqli oshpaz Bahriddin Chustiy kitob yozib, nashrga tayyorladi.

Oʻzbekistonning har bir hududida tayyorlanadigan nonlar bir-biridan farqlanadi. Shuning uchun muallif oʻzbek nonlarini tayyorlash usullari va texnologiyalariga oid bilimlarini yana-da boyitish hamda ularni bir kitobga jamlash maqsadida mamlakatimiz hududlari boʻylab sayohat qildi.
B.Chustiyning aytishicha, kitobda 50 dan ortiq turdagi non va non qoʻshib tayyorlanadigan 10 xil taom tayyorlash usuli jamlangan.

— Ular orasida qadimgi unut boʻlgan va barchaga maʼlum usullar, shuningdek, yangi tadqiqotlar keltirilgan. Shuning barobarida kitobdan non va nonli taomlarni pishirish madaniyati va urf-odatlari, tandir, chakich va non bilan bogʻliq barcha maʼlumotlar bor, — deydi oshpaz muallif.
Kitob dastlab oʻzbek tilida nashr etiladi, keyinroq uni rus, ingliz va turk tillarida ham nashr etish rejalashtirilgan.
Kitob yaqin kunlarda nashr etiladi.