O‘zbek gilamlari haqida film
Kinoijodkorlarimiz tomonidan o‘zbek milliy gilamlari tarixiga bag‘ishlangan “Gilamlar – tarix poyondozi” nomli hujjatli film suratga olinmoqda.
Kinoijodkorlarimiz tomonidan o‘zbek milliy gilamlari tarixiga bag‘ishlangan “Gilamlar – tarix poyondozi” nomli hujjatli film suratga olinmoqda.
Bu haqda “O‘zbekkino” milliy agentligi axborot xizmati ma’lumot berdi.
Film mamlakatimizning gilamdo‘zlik rivojlangan mintaqalarida tasvirga olinadi. O‘zbekiston muzeylari fondida saqlanayotgan gilamlar suratga olinib, gilam to‘qish, ipak va jun iplarning bo‘yalishi, tabiiy bo‘yoqlarning tayyorlanish jarayonlari arxiv foto, video materiallaridan foydalangan holda ishlanadi.