OʻzA maxsus muxbirlari xabar beradi
Birinchi marta Soʻxda murakkab jarrohlik amaliyoti oʻtkazildi
Birinchi marta Soʻxda murakkab jarrohlik amaliyoti oʻtkazildi
Bugun Soʻx tumani markaziy shifoxonasining tugʻruq majmuasida ilk bor homilador ayolda murakkab jarrohlik amaliyoti oʻtkazildi.
Buni Andijon tibbiyot institutining professori, akusher-ginekologiya kafedrasi mudiri Dilorom Asranqulova shu yerdagi shifokorlar bilan hamkorlikda bajardi.
Bemor Barnoxon Dadamaxmatovaga “homiladorlik 3, 2 ta chandiq va preeklampsiya ogʻir daraja” tashxisi qoʻyilgan edi. Ilgari kesar kesish jarrohlik amaliyoti faqatgina viloyat perinatal markazida oʻtkazilar edi. Shifokorlar maslahatlashgan holda mazkur operatsiyani shu yerda amalga oshirishga qaror qildi. Bola sogʻlom dunyoga keltirilib, onaning salomatligi yaxshi.
Soʻx tumaniga aholiga malakali va sifatli xizmat koʻrsatish maqsadida Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Andijon tibbiyot instituti, Toshkent pediatriya tibbiyot intitutidan tajribali 15 nafar mutaxassislar yetib keldi. Ayni kunlarda ular mahallalarda boʻlib, aholini tibbiy koʻrikdan oʻtkazmoqda.
Shuningdek, tuman tibbiyot birlashmasiga raqamli rentgen apparati, UZI, EKG kabi zamonaviy jihozlar va dori-darmonlar keltirildi.