Oʻylangan reja amalga oshmadi
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom etmoqda.
Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari “Xoʻjadavlat” temir yoʻl chegara bojxona posti orqali qoʻshni mamlakatdan kirib kelgan temir yoʻl vagonlarini belgilangan tartibda bojxona nazoratidan oʻtkazdi.
Natijada temir yoʻl vagonlarida fuqaro X.M. ning nomiga olib kelinayotgan yuklar orasida bojxona yuk kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilmagan umumiy qiymati 48,2 million soʻmlik mebel jihozlari hamda maishiy texnika vositalari borligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom etmoqda.