Oy davomida mahsulotlar narxi 1,8 foizga qimmatlashdi.

Oy davomida mahsulotlar narxi 1,8 foizga qimmatlashdi. Xususan, oziq-ovqat mahsulotlari 2,0 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari 1,5 foiz, xizmatlar narxi esa 0,8 foizga oshdi. 

Davlat statistika qoʻmitasi eʼlon qilgan 2019 yilning fevral oyida Oʻzbekiston Respublikasi isteʼmol sektoridagi inflyatsiya darajasi haqidagi maʼlumotda ushbu raqamlar qayd etildi.

Oy davomida narxlarning oʻsishi borasidagi uchlik

• Asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlarning oʻsishi borasidagi yetakchilik meva-sabzavot mahsulotlariga tegishli – 4,0%ga qimmatlashgan;

• ikkinchi oʻrinda umumiy ovqatlanish muassasalari – 3,3 foiz;

• uchlikning soʻnggi pogʻonasida sut mahsulotlari – 3,2 foizga qimmatlashgan.

Goʻsht mahsulotlari orasida kolbasa va dudlangan goʻsht narxlari sezilarli darajada qimmatlashgan, parranda goʻshti mahsulotlari esa aksincha, biroz arzonlashgan.

Shakar, choy, qandolat va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari narxlari oy davomida oʻrtacha 1,7 foizga oshgan.

Non mahsulotlari guruhi

• yorma va dukkakli, makaron mahsulotlari – 2,4 foiz;
• mosh 2,3 foiz; 
• guruch 1,9 foiz;
• tandir non 0,5 foiz, 
• bugʻdoy uni 0,4 foizga qimmatlashgan.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻtgan oyda narx-navo qimmatlashdi(mi?)